Davlat byudjeti - davlat daromadlari va xarajatlari hamda ulami
moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Byudjet taqchilligi - davlat byudjeti xarajatlarining daromadlar-
dan ortiqchaligi.
Davlat ichki qarzi - davlatning mamlakat ichida qimmatli
qog‘ozlarini chiqarish, turli nobyudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat tashqi qarzi - xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va
yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan
olingan qarz.
Davlat krediti - davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida may-
donga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘ indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |