Asosiy tayanch tushunchalar
Moliya - pul mablag‘larining harakati, ya’ni ulaming shakllani
shi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga
keladigan munosabatlar.
Moliyaviy munosabatlar - davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxo
na va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari
fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy
munosabatlar majmui.
Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga
xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliyaviy siyosat - davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish
uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar
majmui.
Fiskal (soliq-byudjet) siyosati - davlat tomonidan iqtisodiyotga
ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini
o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |