Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Shunga  ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet730/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   726   727   728   729   730   731   732   733   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Shunga  ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish 

va xizmat ko‘rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.

Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan 

tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ke- 

tadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi 

to‘xtab  qoladi,  tovarlar  ishlab  chiqarish kamayadi,  ishlab  chiqarish­

ning o ‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning 

o ‘sishi  inflyatsiya,  ya’ni  narx  darajasining  asossiz  ravishda  keskin 

ko‘tarilishi  sababli  orqaga  ketadi.  Shunday  davrlar  ham  bo‘ladiki, 

bunda iqtisodiy o ‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga 

o ‘rin beradi,  ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga 

ishsizlik ham keskin o‘sadi.  Qisqacha aytganda, iqtisodiy o'sishning 

uzoq  muddatli  tamoyillari  ham  ishsizlik,  ham  inflyatsiya  oqibatida 

uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi -  tak­

ror  ishlab  chiqarishdagi  beqarorlik  va  nomutanosibliklardir.  Bu  av- 

valo,  ishlab  chiqarish  va  uning  natijalarini  o‘zlashtirish  o ‘rtasidagi 

nomutanosiblik  bo‘lib,  u  turli  ishlab  chiqarish  usullari  va  iqtisodiy 

tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.

Ishlab  chiqarish  bilan  iste’mol,  talab  va  taklif о‘rtasidagi  vaqti- 

vaqti  bilan  yuzaga  kelib  turadigan  nomutanosibliklar ham  iqtisodiy 

inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini kengaytiradi.



536


Rivojlangan tovar xo'jaligi  paydo bo‘lgunga  qadar  ishlab  chiqa­

rishning keskin qisqarishi odatda tabiiy  ofatlar (qurg‘oqchilik,  tosh- 

qinlar  va h.k.)  yoki  urushlar  va  ular  keltiradigan  vayronagarchilik- 

lar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan 

davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi 

iqtisodiy  inqirozlar ijtimoiy takror ishlab  chiqarishga  siklik tavsifhi 

kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ulaming umu­

miy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.

Xo‘jalik  tizimida  m uvozanatning  buzilishi  miqyosiga  ko‘ra  

inqirozlami  umumiy hamda ayrim sohalar va tarmoqlarda yuz bera­

digan  inqirozlarga bo‘lish mumkin.  Umumiy inqirozlar butun milliy 

xo‘jalikni  qamrab  olsa,  ikkinchisi  qisman,  ya’ni  ayrim  sohalar yoki 

tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. Ayrim sohalardagi inqiroz­

lar orasida hozirgi davrda moliyaviy inqiroz muhim o‘rin tutib, u o‘z 

ichiga  pul-kredit  sohasidagi  inqiroz,  valyuta  inqirozi,  biija  inqirozi 

va boshqalami  oladi.  Hozirgi vaqtda AQSH va Yevropaning  aksari- 

yat mamlakatlarida ro‘y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida 

boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketmoqda.

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining 

tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. 

Aksiya va obligatsiyalaming kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida 

banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.

Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib ketadi. 

Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.

Biija inqirozi. Bu tanglik biijada qimmatli qog‘ozlar kursining tez- 

da tushib ketishi, ulami emissiya qilishning  qisqarishi  fond birjalari 

faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.

Ekologik  inqiroz.  Atrof-muhitni,  eng  avvalo  inson  sog‘lig‘ini 

yo‘qotish,  umrini  qisqartirishga olib  keladigan  darajada  vaziyatning 

vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga 

yo‘l qo‘ymaydi.

T arm oqlar  inqirozi.  Bu milliy  xo‘jalikning  bironbir  tarmog‘ini 

qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik 

aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi (sanoat inqirozi, agrar inqi­

roz va boshqalar).


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   726   727   728   729   730   731   732   733   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish