Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Xalqaro  hisoblashuvlar  banki  (XHB)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1028/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   1024   1025   1026   1027   1028   1029   1030   1031   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Xalqaro  hisoblashuvlar  banki  (XHB)  Shveysariyaning  Bazel 

shahrida  joylashgan  bo‘lib,  u  xalqaro  moliyaviy  tashkilot  hisob- 

lanmasada,  bank  faoliyatini  xalqaro  tartibga  solishda  yetakchi  rol 

o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, 

Avstraliya, Yaponiya hamda AQSH tijorat banklari guruhini o‘z tarki- 

bida  birlashtiradi.  70  dan  ortiq  Markaziy  banklar  o‘zlarining  oltin- 

valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.

Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  (ETTB)  Sharqiy  Yev­

ropa  hamda  sobiq  Ittifoq  mamlakatlariga  valyuta-moliya  sohasida 

ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990-yilda tashkil etil- 

di. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mam­

lakatlarini  isloh  qilish  jarayonlari  bilan  bog‘liq  turli  ko‘rinishdagi

755



dastur  va  loyihalami  moliyalashtirishga,  bu  mamlakatlarning  ja­

hon  xo‘jaligiga  moslashuvini  jadallashtirishga  ko‘maklashishga 

yo‘naltirilgandir.

Bugungi  kunda  sanab  o‘tilgan  bu  kabi  davlatlararo  tashkilotlar­

ning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlami tartibga solish 

va yanada takomillashtirishga qaratilgan  faoliyatining  ahamiyati to­

bora  oshib  bormoqda.  Shu  bilan bir  qatorda  mazkur  tuzilmalaming 

rivojlanayotgan  mamlakatlarga  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish  tarti- 

bini  takomillashtirish,  bunda  ko‘mak berilayotgan  mamlakatlarning 

milliy  manfaatlariga putur yetkazmaslik,  faoliyat yo‘nalishi  sifatida 

ko‘proq iqtisodiy maqsadlaming ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor 

kuchaytirish zarur bo‘ladi.



Xulosalar

1.  Barcha  mamlakatlar  tashqi  savdosi  majmui  xalqaro  savdo­

ni  tashkil  etadi.  Xalqaro  savdo  -   bu  turli  davlat  milliy  xo‘jaliklari 

o‘rtasidagi tovar va xizmatlaming ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro 

savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyar- 

li barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro  savdo aloqalarida ishtirok 

eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy mu­

nosabatlaming tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo 

aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

2.  Kapital  eksport  qilish  ham  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega 

bo‘ladi.  Kapital  eksporti kredit berish yoki  chet el korxonalari  aksi- 

yalariga maqsadli qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapi­

tal chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag4 lar oqi- 

mini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini 

qisqartiradi.  Boshqa  tomondan,  kapital  eksporti  chet  davlatlaming 

mazkur  mamlakatdan  bo‘lgan  qarzlarini  ko‘paytiradi.  U jahon  bo- 

zoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va 

chet  el  valyutasida  foiz  yoki  dividend  shaklida  barqaror  daromad 

olish omili hisoblanadi.

3. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi 

uning  iqtisodiyotining  «ochiqligi»  darajasini  ifodalaydi.  Eksport  sa- 

lohiyati  (eksport  imkoniyatlari)  -   bu  mazkur  mamlakat  tomonidan



756


ishlab  chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur 

etkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.

4.  Xalqaro  savdoda ishtirok  etish  har bir mamlakat uchun milliy 

ishlab  chiqaruvchilami  tashqi  raqobatdan  himoya  qilish  vazifasini 

dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqa­

li  amalga  oshadi.  Jahon  amaliyotida  bu  siyosatning  proteksionizm 

(tashqi ta’sirdan himoyalash)  va fritrederlik  (savdoga to‘liq erkinlik 

berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

5.  Iqtisodiy  bitimlar  -   qiymatning  har  qanday  ayirboshlanishi, 

ya’ni  tovarlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlar  yoki  aktivlarga  mulkchilik 

huquqining  bir  davlat  rezidentlaridan  boshqa  davlat  rezidentlariga 

o‘tishi  bo‘yicha  kelishuvlar.  Har  qanday  bitim  ikki  tomoniga  ega 

bo‘ladi va shu  sababli to‘lov balansida  ikki tomonlama yozuv tarti- 

biga rioya  qilinadi.  Har bir bitim to‘lov balansining  debet va kredit 

qismlarida o‘z ifodasini topadi.

6.  Iqtisodiyot  subyektlarining  davlat va Markaziy bank  siyosatiga 

ishonchsizligi to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisob­

lanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalari- 

ga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag‘batlantiradi.

7. Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy 

aloqalarga (tashqi  savdo,  ishchi kuchi va kapital migratsiyasi,  daro­

madlar,  qarzlar va  subsidiyalar  oqimi,  fan-texnika yutuqlarini  ayir­

boshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy muno­

sabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U pulning 

xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.

8. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan 

biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasi- 

ning boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi.

9. Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, 

xarid  qilish  layoqatining  paritet  (turli  mamlakatlar  pul  birliklari 

qiymatining  bir-biriga  nisbati)  nazariyasi  yordamida  beriladi.  Bu 

nazariyaga ko‘ra,  kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat 

iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   1024   1025   1026   1027   1028   1029   1030   1031   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish