Pul bozori - bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasi
ning turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifi
ning o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi - bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman
moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
“Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tar
tibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi.
Chunki, bu jarayonga uy xo‘jaligi xatti-harakati hamda tijorat bankla-
rining siyosati ham ta’sir ko‘rsatadi.
2015-yilda iqtisodiyotdagi pul taklifining, ya’ni pul massasining
belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lishiga erishildi.
Bunda pul massasining o‘sishi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi:
- tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustu
vor sohalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga va real sektordagi in-
vestitsion faollikni oshirishni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan si-
yosatning davom ettirilishi natijasida banklaming jami kredit portfeli
2014-yilga nisbatan 27,3 foizga oshdi va uning pul massasi o‘sishiga
ta’siri 73 foizni tashkil qildi.
- mamlakat to‘lov balansi ijobiy saldosining ta’minlanishi hi
sobiga bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko‘payishi pul massasi
o‘sishining 27 foizini ta’minladi.
0 ‘z navbatida, pul massasining o‘sishi quyidagi omillar hisobiga
kamaytirilib, maqbul darajaga keltirildi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
hisobvarag‘iga joriy tushumlar hisobidan qo‘shimcha ravishda 910
610
mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirilishi hisobiga pul
massasining o‘sishi oldi olindi. Ushbu omilning pul massasini ka-
maytirishdagi ulushi 83 foizni tashkil etdi;
-
pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan foydalanishning
pul massasi kamayishiga ta’siri 11 foizni tashkil qildi.
Shuningdek, Davlat byudjetining YalMga nisbatan 0,1 foiz prof-
itsit bilan ijro etilishi ham mos ravishda pul massasi o‘sishining oldini
olishga xizmat qildi”160.
0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakat-
lar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada
qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyo
satini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda
zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mil
liy valyutaning barqarorligini ta’minlash”161 ko‘zda tutilgan.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi
pullami hosil qilishlari, ya’ni ulami bank krediti sifatida mijozlariga
berishlari mumkin. To‘g‘ri, ulaming bu faoliyatlari Markaziy bank
tomonidan o‘matiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali chekla-
nadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda
mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish
maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag1 larini zaxira sifatida
saqlashi lozim. Aktivlaming qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib,
u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy
zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mum
kin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multip-
likatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |