aktivlarning o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni eng kam xara
jatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir.
Metall (tanga) va qog‘oz pullar eng yuqori likvidlikka ega bo‘ladi.
Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank hisob varaqa-
laridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibi
ga to‘lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar
qo‘shilib borishi bilan, ulaming likvidlik darajasi ham pasayib boradi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy
pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mus
taqil hamdo‘stlik davlatlarida 35-40 foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |