Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra
inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish
inqirozlariga bo‘linadi. Tovarlami
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
turli tovarlami talabdan ortiqcha ishlab chiqarish, lekin ulami to‘la sota
olmaslikda namoyon bo‘ladi.
Taqchil ishlab chiqarish holatida
ya’ni
taklifning talabga nisbatan kam bo‘lgani holatida ham muvozanat buzi-
lib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib,
iqtisodiyotning tushkunlikka tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish
emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |