Kuznets sikli ko‘phollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib,
20-yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon
Kuznets o'zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy
daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar
hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida
20-yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib ber
gan. 1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi
sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
K ondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Siklli-
likning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N. D. Kondratev
katta hissa qo'shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSH-
ning 100-150-yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u
iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o ‘tkazib, ya’ni tovar narx
lari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming o ‘rtacha darajasini umumlashtirish
natijasida bir qator katta sikllami ajratib ko‘rsatadi.
I-sikl: 1787-1814-yillar-ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851-yillar-
pasaytiruvchi to‘lqin.
II-sikl: 1844—1851-yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896-yillar
- pasaytiruvchi to‘lqin.
III-sikl: 1896-1920-yillar - ko‘taruvchi to‘lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60-yilni tashkil
qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy
o ‘zgarishlami o‘zida aks ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi
katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi,
ikkinchisini - temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini -
533
elektrenergiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini -
avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon
tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikro-
protsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqti
sodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodi
yot tarkibiy qismlarining o ‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir
sohasi inflyatsiya to ‘lqini yoki turg‘unlikning nohush oqibatlaridan
chetda qolmaydi. Ammo shuni e ’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl
alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga
turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoat
ning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladi
gan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‘proqzarar
ko‘radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda in
vestitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va shun
ga o ‘xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanoat tarmoq
lari va ularda band bo‘lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og‘ir
oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida
o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshidan kechira boshlaganda ishlab
chiqaruvchilar ko‘pincha, zamonaviy uskunalami sotib olishni va
yangi zavodlar qurishni to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechik-
tirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitida investitsion tovarlar
zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas,
aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quwatlaridan ancha
to'laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya’ni siklning jonlanish va yuk
salish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to ‘ liq eskirgun-
ga qadar almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar
o ‘zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ulami ishga tushiradi. Shu
sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin
qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quwatlari mavjud bo‘lgan ayrim
korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining o‘mini qop-
lashga ham harakat qilmaydi.
534
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruv
chi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq
darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha
ta’sir ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad olu
vchi iste’molchilar oila byudjetini qisqartirishlariga to‘g‘ri keladi,
maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlami xarid qilishni to ‘xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila
a ’zolari yeb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mah
sulotlari va kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan
iste’mol tovarlarini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat,
bunday tovarlami xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi
mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori da
rajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozor
da nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida
narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mah
sulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha monopol hukmron-
likka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bun
ga teskari bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin.
Bu tarmoqlaming ko‘pchiligi o‘zlariuing raqobatga layoqatsizligi va
ishlab chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan tavsiflana-
di. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi
mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish dara
jasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.
Demak, kapitalning to‘planishi yuqori darajada bo‘lgan tarmoq
larda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlaming
nisbatan sekin tushishi, to‘planish darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda
narxlaming sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining
nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |