6
-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY
MUNOSABATLAR ISHTIROKCHISI SIFATIDA
Davlatning fuqarolik huquq layoqati. Davlatning fuqarolik-huquqiy
munosabatlardagi ishtiroki shakllari.
Davlatning fuqarolik huquq layoqati
Davlat jamiyat hayotining barcha sohalarida eng muhim ahamiyatga
ega “subyekt” hisoblanadi. Davlatning ushbu maqomi iqtisodiy
munosabatlarda yaqqol ajralib turadi. Zero, iqtisodiy munosabatlarning
vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida davlat ishtiroki bevosita
xalq manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan boʻladi. Bunda esa, davlat
ana shu manfaatlarning himoyachisi sifatida ularni toʻgʻri va maqbul
amalga oshirilishini ta’minlab beradi. Iqtisodiy sohada davlatning xalq
manfaatlarini ifoda etishi bilan bogʻliq munosabatlar asosan fuqarolik
huquqi bilan tartibga solinishini nazarda tutib, hozirgi sharoitda davlatning
fuqarolik huquqiy maqomini aniqlash, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
davlat ishtirokining oʻziga xos xususiyatlarini belgilash, xalq manfaatlarini
ifoda etishning iqtisodiy va huquqiy asosi hisoblangan davlat mulkini
himoya qilish va uni amalga oshirishning samarali usul va vositalarning
vujudga keltirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
FKning 2-moddasiga koʻra davlat ham fuqarolar va yuridik shaxslar
kabi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning
ishtirokchisidir.
Darhaqiqat, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiy
munosabatlardagi oʻrni va fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi maqomi
tubdan oʻzgardi. Endilikda davlat fuqarolik huquqining boshqa subyektlari
kabi huquqiy munosabatlarda teng asoslarda ishtirok eta boshladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda hokimiyat sohibi sifatidagi davlat
ishtirokining oʻziga xos xususiyatlaridan biri bu davlatning oʻzi bevosita
ishtirok etadigan munosabat doirasini oʻzi belgilashidir. Demak, davlat
oʻzining qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishini oʻzi
belgilab oladi. Zarur paytda esa, davlat oʻz qarorlari bilan oʻz ishtirokini
ta’minlaydi. Masalan, davlat, xalq va jamiyat manfaatlarini koʻzlab gʻalla
ekinlari faqat davlatga sotilishini belgilab qoʻyishi mumkin.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning
suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi.
8
7
Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va boʻlinmasdir. Shunga
binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt
(fuqarolar va yuridik shaxslar kabi koʻp va turli xil emas) deb qaraladi.
Zero, davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida boshqa
subyektlar bilan oʻzaro huquqiy aloqalarga kirishar ekan, bunda u oʻziga
tegishli boʻlgan imtiyozlar: hokimiyat vakolati, hukmronlik va boshqarish
faoliyati, ustunlik maqomidan voz kechishiga toʻgʻri keladi. Fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va
boʻlinmas subyekt hisoblanadi. Binobarin, bitta alohida olingan hududda
ikkita suverenitet sohibi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi boʻlganligi tufayli
fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti sifatida oʻziga xos xususiyatlarga
ega.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabat sifatidagi xususiyatlariga
quyidagilar kiradi:
1
. Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari subyekti sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |