Toshkent davlat yuridik


Yuridik shaxslarning turlariga



Download 2,11 Mb.
bet45/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif


Fuqarolik huquqi nazariyasida yuridik shaxslar bir necha asoslarga
koʻra turlarga boʻlinadi. Jumladan, mulk shakliga koʻra xususiy (xususiy
mulkka asoslangan) va ommaviy (davlat mulkiga asoslangan), faoliyat
maqsadiga qarab tijoratchi va notijorat, ta’sischilarning ishtirokiga koʻra
ta’sischilar faqat yuridik shaxslar boʻlgan (uyushma va assotsiatsiyalar),
muassis faqat davlat boʻlgan (unitar korxonalar) hamda har qanday
subyekt muassis boʻlishi mumkin boʻlgan korxonalar kabi turlari mavjud.
Ayrim hollarda yuridik shaxslar ommaviy, xususiy va ommaviy yuridik
shaxsga oʻxshash korxonalar tarzida turkumlanadi.


FKda yuridik shaxslar faoliyatining maqsadiga qarab (tijoratchi
tashkilot va tijoratchi boʻlmagan tashkilot) tasniflanadi (FKning 40-
moddasi).


Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham tijoratchi
boʻlmagan yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan
faoliyat) faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi
yuridik shaxslardan farq qilib tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslar oʻz
tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini
qondirish yoki oʻzga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun
ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yoʻl
qoʻyilmaydi. Shu munosabat bilan tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslarga
nisbatan FK “foyda olishni maqsad qilib qoʻymagan” degan ibora emas,
balki, “foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib qoʻymagan”
iborasi belgilangan. Bu esa, tijoratchi boʻlmagan tashkiloti tadbirkorlik
bilan shugʻullanishi muayyan foyda koʻrishi mumkinligini belgilaydi.
Faqatgina tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslarning asosiy maqsadi


8


4





(yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish
boʻlmaydi, xolos.
Tijoratchi boʻlgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar,
oilaviy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish
kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi.
Tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslar jumlasiga matlubot
kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdorlar
tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi
boʻlmagan tashkilotlar oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga mos
keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan ham shugʻullana oladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi umumiy asoslarda


Oʻzbekiston


Respublikasining


“Nodavlat


notijorat


tashkilotlar


toʻgʻrisida”gi Qonunida oʻz aksini topgan.


FKning 77-moddasiga koʻra yuridik shaxslar oʻzlarining
faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak manfaatlarini
ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida
birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning
a’zolari oʻz mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma oʻz a’zolarining majburiyatlari boʻyicha uyushmaning ta’sis
hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar
boʻladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham yuridik shaxs
huquqlaridan foydalangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
qatnashadi (FK, 78-modda). Mazkur tashkilot kvaziyuridik shaxs
hisoblanadi. Chunki unda ham yuridik shaxs ham ommaviy huquq
subyekti (boshqaruv) belgilari mavjud.


Umuman, yuridik shaxslar oʻz faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi
normalariga, soha qonunlariga, shuningdek, ustavlari va boshqa ta’sis
hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish