Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet53/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Ko‘char va ko‘chmas ashyolar. Ko‘char ashyo bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chirish natijasida xususiyatini o‘zgarishsiz saqlaydigan va o‘z
maqsadiga ko‘ra ishlatish mumkin bo‘lgan ashyodir.
Ko‘chmas ashyolar odatda doimiy ravishda bir joyning o‘zida
mavjud bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga, xususiy belgilarga egadir. Shu
sababli ham u jismiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga
emas, balki xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga
kiritiladi. Bunday ashyoning o‘ziga xos xususiyati yer bilan uzviy
bog‘liqligidir (tabiiy ravishda yer bilan uzviy bog‘liq ashyolar, masalan,
buloqlar, konlar, daryolar va boshq.; inson mehnati bilan vujudga kelgan
yer bilan uzviy bog‘liq ashyolar, masalan, bino va inshootlar, quduqlar,
bog‘lar, korxona va boshqa ashyolar).


9


9





Ko‘chmas ashyolar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish imkonining
yo‘qligi, tayinlanish maqsadiga ko‘ra foydalanib bo‘lmasligi, shaklan
o‘zgarishi, shuningdek ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kabi belgilarga ega.
Xususiy va turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar.
Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo alohida, faqat o‘ziga xos
belgisi va o‘ziga xos, yolg‘iz sifati bo‘lgan ashyodir. Unga o‘zining
belgilari bilan boshqa o‘xshash ashyolardan ajralib turadigan narsalar,
masalan, ma’lum ko‘chadagi, ma’lum sonli uy-joy, o‘zi bir dona bo‘lgan
ashyo (jahon birinchiligida chempion bo‘lgan ot, ko‘hinur olmosi kabi)lar
kiradi. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa
ashyolardan muayyan usulda belgi qo‘yish yoki muhr bosish, raqam
qo‘yish bilan farqlanadi.
Pul xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi yoki turga xos
alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi? – degan savol tug‘iladi.
Bir tomondan qaraganda, pulda muayyan belgi va raqam qo‘yilgani
uchun uni xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo deyish mumkin.
Ikkinchi tomondan qaraganda, pul bir turga xos, ya’ni u bitta vazifani –
to‘lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
FKning 87-moddasi 2-qismiga ko‘ra, xususiy alomatlari bilan
belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolardir.
Pulni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda
pulga va aksincha). Demak, pul turga xos alomatlari bilan belgilanadigan
ashyodir.


Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qogʻoz pullar,
tanga-chaqalar); chet el valyutasi hisobida yozilgan toʻlov hujjatlari
(cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bankning chet el
valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga
ega boʻlgan soʻm hisobidagi toʻlov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har
qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina
guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy);
xom va ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar,
la’l, zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi
qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predmeti
boʻlishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan
zargarlik va boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning
siniq parchalari bundan mustasnodir.


1


00





Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar son, og‘irlik va
o‘lchov bilan ko‘rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona
shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos alomatlari
bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan
ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyolarga nisbatan persona non
grataning (ya’ni, tur nobud bo‘lmaydi) qoidasi qo‘llaniladi. Fuqarolik
huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan
belgilanadigan ashyolarga bo‘linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa,
majburiyatlarni ijro etishda, burchni natura holida bajarilishida bunday
bo‘linishning o‘rni beqiyos.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish