Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet61/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

b) Nomoddiy ne’matlar


Moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar (ashyolar) bilan bir qatorda
nomoddiy ne’matlar ham fuqarolik huquqining obyekti hisoblanadi.
Fuqaroga tug‘ilganidan boshlab yoki qonun bo‘yicha tegishli bo‘lgan
shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi,
ishchanlik obro‘si, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga
bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlari
nomoddiy ne’matlar hisoblanadi. Ular shaxsdan begonalashtirilishi yoki
boshqa birovga o‘tkazilishi (berilishi) mumkin emas. Ayni vaqtda
qonunlarda nazarda tutilgan hollar va tartibda marhumga tegishli bo‘lgan
shaxsiy-nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar boshqa
shaxslar, shu jumladan, huquq egasining merosxo‘rlari tomonidan amalga
oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.


Nomoddiy ne’matlar – qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza
qilinadigan moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan hamda egasi (sohibi)ning
shaxsidan ajratish mumkin bo‘lmagan ne’matlar va erkinliklardir.


1


08





Nomoddiy ne’matlarning quyidagi turlari mavjud:


-
-
-


intellektual faoliyat natijalari;
xizmat va tijorat siri;
shaxsiy nomulkiy huquqlar.


Nomoddiy ne’matlarning bir qismi, ya’ni intellektual faoliyat
natijalari, xizmat va tijorat siri iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, tovar
shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquq obyektlari sifatida
namoyon bo‘ladi.
SHaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o‘ziga xos
tarzda, tovar shakliga kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmagan
holda namoyon bo‘ladi.
Nomoddiy ne’matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi
xususiyati shundaki, bunda birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq
mazmunidan, ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib
chiqqan holda fuqarolik huquqlarining himoya qilish usullaridan
foydalanadi.
Nomoddiy ne’matga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko‘p
hollarda sud huquqni qayta tiklash yoki huquqbuzarliklarni to‘xtatishni
ta’minlovchi choralar ko‘radi. Nomoddiy ne’matlar orasida shaxsning
(yuridik shaxsning ham) sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si
alohida o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda nomoddiy ne’matlar shaxsiy
huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o‘ziga xos huquqlar majmuini ham o‘z
ichiga oladi (masalan, nomga, yashash joyini tanlashga, yozishmalar
daxlsizligi, ya’ni sir saqlanishiga bo‘lgan huquq kabilar).
FKning 99-moddasida nomoddiy ne’matlar huquq sohibiga yo
tug‘ilgandan boshlab tegishli bo‘ladi (yashash huquqi, sog‘-salomat
bo‘lishiga bo‘lgan huquq, shaxs sha’ni, shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy hayot
daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirga bo‘lgan huquqlar kabi) yoxud qonunga
muvofiq huquq subyektiga tegishli bo‘ladi (masalan, nomga bo‘lgan
huquq, erkin ko‘chib yurish huquqi, yashash joyini tanlash huquqi kabi)
deb ko‘rsatilgan.
Nomoddiy ne’matlar shaxsning o‘zidan begonalashtirilmaydi, biroq
ularni amalga oshirish va himoya qilish uchinchi shaxslarga topshirilishi
mumkin (masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish ota-onasi
tomonidan amalga oshiriladi).
Nomoddiy ne’matning ashyoviy mazmunga ega emasligi, uning
sohibi bo‘lgan subyektning shaxsi bilan uzviy bog‘liq ekanligi zarur
elementlar hisoblanadi, ba’zan ularning birortasi bo‘lmasligi ham mumkin.
Nomoddiy ne’mat o‘z sohibining shaxsini individuallashtiradi, ijtimoiy
mavqeini xarakterlaydi. Nomoddiy ne’matlarning amal qilish muddati
cheklanmagan.


1


09





Ayni vaqtda bu belgilar shartli xarakterga ega, masalan, intellektual
mulk nomoddiy ne’mat sifatida qaralsa ham, fuqarolik muomalasida
o‘ziga xos tovar sifatida harakatda bo‘lishi mumkin.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish