Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet52/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va tasniflanishi


Fuqarolik huquqining obyekti huquq subyektlarining harakatlari
qaratilgan moddiy va nomoddiy ne’matlardir. Faqatgina qonunchilik
obyekt ustida o‘rnatiladigan huquq va majburiyatlar, harakatlar qonun
hujjatlari va axloq normalari asosida amalga oshirilishini talab etadi.
Xususan, xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini
himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan
ba’zan fuqarolik huquqi obyektlarining muomalada bo‘lishi cheklanishi
mumkin.
Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi obyektlari doirasi
kengaydi. Masalan, obyekt sifatida xususiy mulk, qimmatli qog‘ozlar keng
muomalaga kirib keldi, intellektual mulkning yangidan-yangi obyektlari
(integral mikrosxemalar topologiyalari, nou-xaular) vujudga keldi, ishlar
va xizmatlar doirasi kengaydi, tijorat siri mustahkamlandi.


Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, mol-mulklar, mulkiy
huquqlar, pullar va qimmatli qog‘ozlar, ishlar va xizmatlar, intellektual
faoliyat natijalari, shaxsiy-nomulkiy huquqlar kiradi (FK 81-modda).
Fuqarolik huquqi obyektlarini ikki turga, ya’ni moddiy (ashyoviy) va
nomoddiy (noashyoviy) ne’matlarga bo‘lish mumkin.


Ashyo o‘zining iqtisodiy tayinlanishiga, jismiy va boshqa
xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:


fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va chiqarilmagan ashyolar.
Masalan, o‘z xususiyatlari bo‘yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf
tug‘diradigan ashyolar, ya’ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi
moddalar, qattiq ta’sir qiluvchi zahar kabilar). Bunday ashyolarni erkin
olish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalada bo‘lishga yo‘l
qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan
chiqarilgan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak. Masalan, FKning 214-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to’g‘risidagi” qonuni 4-moddasi.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki
muomalada bo‘lishga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan
(muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar) fuqarolik huquqi


9


8





obyektlari turli qonunlarda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi (masalan, ov
miltig‘i faqat ruxsat olish va ro‘yxatdan o‘tish tartibida jismoniy shaxs
egaligiga o‘tishi). Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, qonun
ashyolarni muomalada bo‘lish xususiyatiga qarab farqlaydi. Fuqarolik
muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va yuridik shaxslar egaligida
bo‘lishi mumkin emas. Aytilganidek, yer, yer osti boyliklari, suv va
o‘rmonlar davlatga tegishli bo‘lganidan ular faqat foydalanishga berilishi
mumkin. Bu ashyolar sotilmaydi, garovga qo‘yilmaydi va kreditorlarning
talablarini qondirish uchun ular hisobidan haq undirilmaydi. Fuqarolik
muomalasidan chiqarilgan ashyolarga nisbatan mulk huquqi har doim
davlatga tegishli bo‘ladi.
Ba’zi ashyolar iqtisodiyot uchun ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai
nazaridan yoxud boshqa asoslar bo‘yicha faqat alohida ruxsat bo‘yicha
olinishi, sotilishi mumkin (qurol va o‘q-dorilar, portlovchi va radioaktiv
moddalar, qattiq ta’sir qiladigan zaharlar, muhr, shtamp kabilar).
Valyuta qimmatliklari (chet el valyutasi, qog‘oz pullar, tanga-
chaqalar); to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar);
qimmatbaho metallar (oltin, kumush, platina, palladiy va boshq.);
qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la’l, zumrad va boshq.) milliy
qonunchilikda belgilangan tartib va doirada oldi-sotdi predmeti bo‘lishi
mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan zargarlik va
boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning siniq parchalari
bundan mustasno.
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi nihoyatda
keng bo‘lib, ular erkin sur’atda mulkdorning o‘zidan begonalashtirilishi
mumkin.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish