Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati. Fuqarolarning
tadbirkorlik faoliyati. Fuqarolarning yashash joyi. Fuqaroni vafot etgan
deb e’lon qilish. Vasiylik va homiylik. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd
etish.
Fuqarolikhuquqlayoqativa muomalalayoqati
Har qanday fuqarolik huquqi subyekti uning subyekti sifatida
fuqarolik huquqiy muomalada faol qatnashishi uchun huquq layoqati va
muomala layoqatiga ega bo‘lishlari lozim. Fuqarolik huquqining asosiy
subyektlaridan biri bo‘lib hisoblangan fuqarolar ham xuddi shunday
belgilarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati huquq layoqati
hisoblanadi va teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqarolarni huquq layoqati
mazmuni Fuqarolik kodeksida belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda fuqarolarni
huquq layoqati mazmunining asosiy qoidalari mamlakatimiz O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
ham
o‘z
ifodasini
topgan.
Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i
nazar, qonun oldida tengdirlar. Binobarin, fuqarolik huquqiy munosabatda
ham fuqarolar huquq layoqatida teng deb e’tirof qilinadilar, ya’ni barcha
fuqarolarga bir xildagi fuqarolik huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 18-moddasi mazmuniga ko‘ra fuqarolar:
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib
olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega
bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda
taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma
mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar
tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning
to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari;
fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi
huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
6
0
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning
huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqarolarning
muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo‘yilgan shartlari va
tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni
belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Fuqaroning huquq
layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va
huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa
bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan
yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno (Fuqarolik kodeksining 23-
moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga ko‘ra
jinoyat sodir etganlik uchun shaxslar ayrim fuqarolik huquqlaridan
chunonchi, xizmat bo‘yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish,
ozodlikni cheklash choralari qo‘llanilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosidan tashqari boshqa fuqarolik huquqlarini cheklash
choralari vaqtinchalik harakterga ega. Huquq layoqati inson tug‘ilgandan
boshlab to u vafot etguncha unga xos xususiyat, sifat bo‘lib hisoblanadi.
Inson o‘zini holatidan qat’i nazar chaqaloq bo‘ladimi, aqli zaif bo‘ladimi,
ruhiy hasta bo‘ladimi baribir to‘laqonli huquq layoqatiga ega.
Yuqorida ko‘rsatilganidek umumiy qoida bo‘yicha huquq layoqati
subyekti sifatida mavjudlik chaqaloq tirik tug‘ilishi bilan boshlanadi.
Biroq, qonun ba’zi holatlarda hali tug‘ilmagan ya’ni ona qornida homila
sifatida mavjud bo‘lganda ham uning kelgusidagi manfaatlarini qonun
e’tiborga oladi, qo‘riqlaydi. Masalan, agar meros qoldiruvchi fuqaro vafot
etgan hollarda uning nafaqat hayot paytida tug‘ilgan farzandlari balki,
qonunda belgilangan tartibda meros ochilgandan so‘ng tug‘ilgan
farzandlar ham merosxo‘r sifatida e’tirof etiladilar (FKning 1118-
moddasi).
Uy-joy kodeksida belgilanishicha, fuqarolarga turar joylar
berilganda turar joy hajmini belgilashda oilada homilador ayollarning
mavjudligi ham hisobga olinadi. Huquq layoqati fuqaro ya’ni, huquq
subyekti o‘limi bilan tugaydi.
Bugungi kunda fan texnika taraqqiyoti ba’zi og‘ir kasalliklarda
kishini sun’iy ravishda hayotini saqlab qolishga imkon beradi. Ba’zan
bunday holat uzoq vaqt cho‘zilishi mumkin (ba’zida yillab davom etadi va
buni ba’zi adabiyotlarda o‘simlik hayoti deb ham ataladi). Kishini o‘simlik
hayoti (sun’iy jonlantirish holati)da bo‘lishi uni o‘lim fakti ro‘yo
bermaganligi sababli huquq layoqatini bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
6
1
Biologik o‘lim hollaridan tashqari qonunda fuqaroni vafot etgan deb e’lon
qilish taomili ham mavjud.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra fuqarolarning muomala
layoqati fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish
va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga
keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Muomala layoqatini yuridik
harakatlarni amalga oshirish layoqati deb ham e’tirof etish mumkin.
Ba’zida, huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar fuqarolik muomala
layoqatiga ega bo‘lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan
fuqarolar o‘z xatti harakatlarini anglab, oqibatlarini tushunib o‘z erki
irodalari asosida amalga oshiradilar.
Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloq garchi to‘liq huquq layoqatiga ega
bo‘lsa ham o‘z mustaqil harakatlari bilan o‘zi uchun huquq va majburiyat
vujudga keltirish qobiliyatiga ega emas. Bolalar yillar o‘tgan sayin aqliy
bilimlar va hayotiy tajriba orqali ongi to‘liqlashib boradi. 18 yoshga
to‘lganda unda to‘liq muomala layoqati vujudga keladi. Ayni paytda
qonunda belgilangan tartibda va asoslarda nikohdan o‘tgan voyaga
yetmaganlar ham shu paytdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga
ega bo‘ladilar. FKning 23-moddasiga ko‘ra voyaga yetgan fuqarolar teng
darajada muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. Fuqarolarning muomala
layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda cheklanishi
mumkin. Fuqaroning o‘zi tomonidan yoki boshqalar tomonidan uning
muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy
emas.
Voyaga yetmaganlarning fuqarolik muomalasida ishtiroki masalasi
tabaqalashtirilgan holda tartibga solinadi. Ya’ni 6 yoshdan 14 yoshgacha
bo‘lgan voyaga yetmaganlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlarning muomala layoqatining hajmi va mazmunida o‘ziga
xosliklar mavjud. 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (kichik
yoshdagi bolalar) to‘la ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar.
Biroq, qonun ularga fuqarolik muomalasida qatnashish bo‘yicha muayyan
imkoniyatlar beradi. Bunga ko‘ra 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
1
) mayda maishiy bitimlar;
2
) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni
3
6
2
tasarruf etish borasidagi bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga
haqlidirlar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining
roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:
1
2
) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z
intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi
muallifi huquqini amalga oshirish;
3
) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va
ularni tasarruf etish;
4
) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
Kishiningruhiy kasalligi, aqli zaifligi uni sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asos bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni
unutmaslik lozimki, har qanday ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni
ongli ravishda harakatlar qilish va fuqarolik muomalasida faol qatnashish
imkoniyatidan mahrum etmaydi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasida
ko‘rsatilishicha ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda
muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik
belgilanadi. Tabiiyki, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan
bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi. Agar fuqaro ruhiy kasallikdan
davolansa, tegishli tartibda sud tomonidan to‘liq muomalaga layoqatli deb
topilishi ya’ni, muomala layoqati tiklanishi mumkin.
FKning 31-moddasiga ko‘ra spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik
vositalarini suiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga
solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik
protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi
mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy
bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning
roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa
daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday
fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil
ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi.