Shaxsiy nomulkiy huquqlar. Adabiyotlarda shaxsiy nomulkiy
ne’matlarning quyidagi xususiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi:
-
-
-
fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga qaratilgani;
pulda baholanishi mumkin emasligi;
shaxsdan ajralmasligi (bunday ne’matlarni sotish, hadya qilish,
meros qilib qoldirish va boshqacha tarzda shaxsdan ajratish mumkin
emas);
-
umumiy qoidaga ko‘ra, fuqaroning tug‘ilishi bilan boshlanib, o‘limi
bilan tugashi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar baholanishi mumkin emas, ular uchun
tekinlik xosdir, ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng
qiymatdagi mulkiy majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Nomulkiy ne’matlar
obyekti shaxsdan ajratib bo‘lmaydigan nomoddiy ne’matlar: nom (ism),
sha’n, qadr-qimmat, sog‘liq, shaxsiy hayot siri, shaxsiy daxlsizlik va
boshqalardir.
Nazorat uchun savollar
1
. Ma’lumki, pul har bir davlat suverenitetining oʻziga xos
atributlaridan biridir. Nima deb oʻylaysiz – pulning xarid quvvati
nimalarga, qanday omillarga bogʻliq? (Quvayt dinori, Turkiya lirasi,
Yaponiya ienasi, Xitoy yuani, AQSh dollari, Singapur dollari, evro).
Guruh boʻlib sharhlang.
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 йил, 37-сон, 463-модда.
1
11
2
. Buzilgan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishning oʻziga
xos usullaridan biri bu – ma’naviy zararni qoplashdir. Uni qoplashda
qanday mezonlarga tayaniladi? Shaxsning ijtimoiy reytingi, unvonlari,
davlat mukofotlari, jinsi, diniy e’tiqodi, boyligi ma’naviy zararni
qoplashda e’tiborga olinadimi?
3
. Xalimova N. eng oxirgi nusxadagi kuchaytirilgan kompyuter terib
berishni, buning uchun 700 ming soʻm bahodagi haq toʻlashini soʻrab
ustaga murojaat etadi. Usta u aytgan muddatda va kelishilgan bahoga mos
kompyuterni terib unga eltib beradi. Lekin Xalimova N. ushbu
kompyuterda printer va skanerning yoʻqligi ular kompyuterning tarkibiy
qismi ekanligi shu tufayli ular albatta komyuterning bahosi ichiga
kiritilganligini aytadi.
Masala qanday hal qilinadi? Kompyuterni ashyolarning
tasniflanishiga koʻra qaysi turga kiradi? N. Xalimovaning e’tirozi
toʻgʻrimi?
4
. Ikromov S. oʻz sartaroshxonasini reklama qilish maqsadida antiqa
usulni qoʻllashni maqsad qilib oladi va doʻsti dizayner Sharipova G. ga
murojaat etadi. Sharipova G. unga “Dunyodagi eng zoʻr sartaroshlik ishini
bajaruvchi” soʻzini turli xalqlar yozuvida naqshinkor koʻrinishdagi
reklama lavxasini koʻrsatadi. Lekin Ikromov S. sartarosh ishni bajarmaydi,
aksinchi xizmat koʻrsatadi shu sababdan “Dunyodagi eng zoʻr sartaroshlik
xizmatini koʻrsatuvchi” tarzida oʻzgartirishni talab etadi. Sharipova G. esa
sartaroshlik ishlar turkumiga kiradi, xizmat koʻrsatish soʻzi unga toʻgʻri
kelmaydi, agar ushbu soʻz bilan almashtirsak kulgiga qolishimiz mumkin
degan fikrni bildiradi.
Ushbu bahsda kim haqli? Ishlar va xizmatlar oʻrtasidagi farqni
koʻrsatib bering?
1
12
Do'stlaringiz bilan baham: |