Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet142/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib qolganida majburiyatning
bekor boʻlishi


Qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib qolganida majburiyat bekor
boʻladi (FK 346-modda). Ma’lumki, har qanday shaxs oʻziga oʻzi ham
qarzdor, ham kreditor boʻlishi mumkin emas. Bunday kreditor va
qarzdorning bir shaxs boʻlib qolishi koʻpincha meros olishda uchraydi.
Masalan, meros oluvchi shaxs oʻz akasi yoki otasiga qarzdor boʻlsa,
keyinchalik meros ochilishi natijasida kreditorning (marhum aka yoki
otaning) talab qilish huquqlarini oʻziga oladi.
Qarzdor bilan kreditorning bir shaxs boʻlib qolishi fuqarolar
oʻrtasidagina emas, balki yuridik shaxslar oʻrtasida ham yuz berishi
mumkin. Odatda, yuridik shaxslar qayta tashkil boʻlishi–bir necha yuridik
shaxs qoʻshilishi, qoʻshib olishi tufayli (universal huquqiy vorislik)
qarzdor va kreditor boʻlgan tashkilotlar bir yuridik shaxs boʻlib qolishi –
majburiyatni bekor qiladi (FKning 51-moddasida belgilangan tartibda).
Agar bunda qoʻshilish keyinchalik bekor boʻlsa, majburiyat yangidan
paydo boʻladi. Chunonchi, bir-biriga qarzdor boʻlgan ikki xoʻjalik qoʻshila
turib, keyinchalik yana ajralsalar avvalgi qarzdor xoʻjaliklarning
majburiyati yangidan paydo boʻladi.


Taraflarning kelishuvi boʻyicha va qarzdorni qarzidan voz


kechishi boʻyicha majburiyatning bekor boʻlishi


Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyatlarning bekor
qilinishida bunday kelishuv bajarilmagan majburiyatlarni kelgusida
bajarishdan ozod qilishga qaratilgan boʻladi va har ikki taraf majburiyatni
bajarishga hali kirishmagan vaqtda yoki majburiyatning bir qismi
bajarilgan paytda yuz beradi. Taraflarning kelishuvlari turlicha mazmunda,
chunonchi, qarzni toʻlashdan yoki biror-bir ishni bajarishdan ozod qilish
toʻgʻrisida boʻlishi mumkin. FKning 342-moddasiga asosan taraflarning
kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish oʻrniga voz kechish haqini
berish (pul toʻlash, mol-mulk berish kabi) bilan bekor qilinishi mumkin.
Voz kechish haqining miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar
belgilaydilar.


Odatda voz kechish haqi bilan uni asosida bekor boʻlayotgan
majburiyat qiymati oʻrtasida muayyan mutanosiblik boʻlishi talab etiladi.
Kreditorning qarzdan voz kechishi ham majburiyatning bekor
boʻlishiga olib keladi. Bu bir taraflama bitim boʻlib, unda taraflarning


2


80





kelishuvi roʻy bermaydi. Biroq bunda kreditorning qarzdan voz kechishi
boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasa,
majburiyat bekor boʻladi (FK 348-modda).


FKning 347-moddasida koʻrsatilganidek, taraflar oʻz oʻrtalaridagi
dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini
nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni
yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor boʻladi. Chunonchi,
biror-bir narsa nasiyaga olinganida oldi-sotdi shartnomasidan kelib
chiqqan majburiyat taraflarning kelishuvi bilan qarz majburiyatiga
aylantiriladi. Bunday holda taraflar oʻrtasida qarz shartnomasi bilan
tartibga solinadigan huquqiy munosabat kelib chiqadi.
Bir majburiyatning boshqa bir majburiyat bilan almashtirilishi uchun
qator shartlar talab qilinadi. Bunda, birinchidan, taraflar oʻrtasidagi bir
majburiyatni bekor qilish uchun boshqa turdagi majburiyat bilan
almashtirish haqidagi kelishuv boʻlishi; ikkinchidan, amalda boʻlgan,
haqiqiy majburiyatning boʻlishi (agar dastlabki majburiyat haqiqiy
boʻlmasa yoki bekor qilingan boʻlsa, u holda majburiyatni boshqa bir
majburiyat bilan almashtirish toʻgʻrisida kelishuv ham boʻlishi mumkin
emas); uchinchidan, yangi majburiyat haqiqiy boʻlishi va eski
majburiyatdan biror-bir farqi boʻlishi kerak.


Taraflarning bir turdagi majburiyatni boshqa bir turdagi majburiyat


bilan


almashtirish


toʻgʻrisidagi kelishuvi shartnoma sifatida


koʻrsatilganligi tufayli kelishuv ham shartnomalarni tuzishga oid umumiy
qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Dastlabki majburiyatning yangi majburiyat bilan almashtirilishida
dastlabki majburiyatning bajarilishini ta’minlash uchun belgilangan
kafolat, zakalat va boshqa usullar ham bekor boʻladi.


Majburiyatlarning kelishuv yoʻli bilan bekor qilinishi FKning 102-
12-moddalariga rioya qilingan holda rasmiylashtirilishi lozim.


1


Tashkilotlar oʻrtasidagi majburiyatlarning kelishuvi faqat yozma
shakldagina bekor qilinishi mumkin.
Qarzdan voz kechish bu FK talablariga asosan xadya sifatida
baholanadi va odatda xususiy mulkka mansub subyektlar oʻrtasida
qoʻllaniladi. Budjetdan ta’minlanuvchi hamda boshqa ommaviy subyektlar
oʻrtasida ushbu asosni qoʻllash maxsus tartibda amalga oshiriladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish