yetkazganligini, mahsulot yuboruvchi tashkilotmi yoki temir yoʻl korxonasi
tomonidan yetkazilganligini, bunday zararning sifatsiz tovar yuboruvchi
tashkilotning aybi, huquqqa xilof harakati bilan boʻlish-boʻlmaganligini yoki tashish
uchun qabul qilingan yukning yoʻlda saqlanishini ta’minlamagan temir yoʻl
korxonasining huquqqa xilof harakatlaridan boʻlgan-boʻlmaganligini aniqlashi
lozim.
FKning 324-moddasida koʻrsatilganidek, qarzdor majburiyatni
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga
yetkazilgan zararni toʻlashi shart. Bunda shartnoma bilan belgilanadigan
majburiyat munosabatlarida ham sababiy bogʻlanish muammosini qoʻyish
va hal qilish zarurligi kelib chiqadi.
2
64
Muayyan bir natija qator sabablarning oqibati boʻlishi mumkinligi
tufayli, kreditorning zarar koʻrishiga aloqasi boʻlgan qarzdorning har
qanday harakati ham huquqiy ahamiyatga ega.
Qachonki natija, ya’ni kreditorga zarar yetkazilishi qarzdorning
huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligidan bevosita vujudga kelganligi
ma’lum boʻlsa, ya’ni toʻgʻridan-toʻgʻri sababiy bogʻlanish mavjud boʻlsa,
u holda masalaning hal etilishi uncha qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan sodir
boʻlgan natija oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish qarzdorning majburiyatni
butunlay bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun
javobgarlikka tortilishiga obyektiv asos boʻladi. Shu bilan birga, qonun
javobgarlikning subyektiv asosini ham, ya’ni qarzdorning aybini ham
nazarda tutadi.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun qarzdorning javobgarligini
belgilaydigan shart sifatida koʻriladigan ayb qonunda nazarda tutilgan.
Jumladan, FKning 333-moddasida koʻrsatilganidek, qarzdor aybi boʻlgan
taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki uni lozim darajada
bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada
boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi.
Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq
boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz hisoblanadi.
Aybning yoʻqligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.
Yuqorida yozilgan nazariy asosni quyidagicha izohlash oʻrinlidir Masalan,
mebel fabrikasiga qarashli yuk kirakash avtopark mashinasida tashilishida yongʻin
boʻlib, fabrikaga mulkiy zarar yetkaziladi. Da’vo ishining sudda koʻrilishida
avtopark yongʻin boʻlishida aybi yoʻqligini isbotlay olmadi. Binobarin, fabrikaning
mashinadagi yongʻin natijasida koʻrgan zararini toʻlashga avtopark majbur qilinadi.
Fuqarolik huquqi fanida, ayb qasd yoki ehtiyotsizlik (beparvolik)
shaklida ifodalanadi.
Qasd shaklida ayb boʻlishida shaxs majburiyatni ongli ravishda,
atayin bajarmaydi yoki lozim darajada bajarmaydi.
Fuqarolik muomalasida majburiyatni bajarishga nisbatan bunday
munosabatda boʻlish faqat ayrim hollardagina uchraydi. Umumiy qoida
sifatida tashkilotlar va fuqarolar oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni
bajarishga vijdonan munosabatda boʻladilar.
Majburiyatlarning ayrim turlari boʻyicha qasd shaklida ayb
qonunlarda bevosita nazarda tutiladi.
Tashkilotlar tomonidan majburiyatlarning qasddan bajarilmasligi
ularning fuqarolik-huquqiy (mulkiy) javobgarlikka tortilishiga, ba’zi
2
65
hollarda mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka ham tortilishiga
sabab boʻlishi mumkin.
Aybning navbatdagi shakli esa – beparvolikdir. Beparvolikda qarzdor
majburiyatni bajarishga intilmaydi, harakat qilmaydi, buning uchun barcha
kuch va qobiliyatini yetarli darajada safarbar qilmaydi, ishni bajarishda
diqqatsizlikka, e’tiborsizlikka yoʻl qoʻyadi. Beparvolik shaklidagi ayb ham
FKning tegishli moddalarida belgilab qoʻyilgan.
Fuqarolik kodeksida qoʻpol ehtiyotsizlik oddiy ehtiyotsizlik, oddiy
beparvolikdan farqlanadi. Qonun ba’zi hollarda qarzdorga javobgarlik
belgilash uchun oddiy ehtiyotsizlik (beparvolik) emas, balki qoʻpol
ehtiyotsizlik boʻlishini shart qilib qoʻyadi.
Agar majburiyat har ikki tarafning aybi bilan bajarilmagan boʻlsa, u
holda sud qarzdorning javobgarligini tegishlicha kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |