Toshkent davlat yuridik


Majburiyatning qarzdor va



Download 2,11 Mb.
bet137/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Majburiyatning qarzdor va kreditor tomonidan
kechiktirilishi oqibatlari


FKning 337-339-moddalari majburiyatning bajarilishi qarzdor yoki
kreditor tomonidan kechiktirilgani uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi
masalani tartibga soladigan qoidalarni belgilaydi.
Ijroning qarzdor tomonidan kechiktirilishi deb, majburiyatning u
tomonidan belgilangan muddatda bajarilmasligi tushuniladi.
Majburiyatning bajarilishini kechiktirgan qarzdor bunday
kechiktirishi natijasida kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashga majbur
boʻladi. Mazkur zararning toʻlanishini qarzdorni oʻz majburiyatini asl
holida bajarishidan ozod qilmaydi.


Qarzdorning aybi bilan majburiyatning ijro etilishining kechiktirilishi
majburiyatning keyinchalik ijro etilishi imkoniyati boʻlmasligi uchun
javobgarligini oshiradi.


2


69





Agar majburiyatning ijro etilishi kechiktirilgan davrda mazkur
majburiyat qarzdorning aybidan qat’i nazar, ijro etilishi mumkin boʻlmasa
ham, u oʻz aybi bilan majburiyatni ijro etmaganida qanday javobgarlikka
tortiladigan boʻlsa, unga nisbatan xuddi shunday javobgarlik belgilanadi.
Bunday hollarda javobgarlikni belgilash uchun qarzdor tomonidan
kechiktirilishi asos qilib olinadi. Chunki qarzdor sotilgan narsani yoki
ijaraga berilgan ashyoni oʻz vaqtida topshirganida edi, ashyo tasodifan
nobud boʻlmagan boʻlur edi, deb faraz qilinadi.
Agar majburiyatning bajarilishi qarzdor tomonidan kechiktirilganligi
tufayli uning keyinchalik bajarilishiga zarurat qolmagan boʻlsa, kreditor
FKning 337-moddasi 2-qismida koʻrsatilganidek, ijroni qabul qilishdan
bosh tortishga va zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Kreditorning kechiktirishi ham muhim huquqiy oqibatlar tugʻdiradi.
Fuqarolik qonunchiligi yuqorida aytilganidek, majburiyatning bajarilishida
qarzdorning ham, kreditorning ham manfaatlari bir boʻlishi zarurligini
belgilaydi. Modomiki, taraflar majburiyatni bajarishda bir-biriga
koʻmaklashishlari lozim ekan, kreditor oʻzining xatti-harakati bilan
majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishiga toʻsqinlik qilmasligi,
ijroni ogʻirlashtirmasligi kerak.
Kreditorning kechiktirishi deganda, majburiyatning qarzdor
tomonidan bajarilishida toʻsqinlik qilishga yoki bunday ijroning
qiyinlashtirilishiga qaratilgan harakat tushuniladi. Bunday harakatning
oqibati uchun kreditor mulkiy javobgar boʻlishi, ya’ni bunday harakatning
mulkiy oqibati kreditorning zimmasiga qoʻyilishi kerak.
Kechiktirishning oqibatlari FKning 338-moddasida koʻrsatilgan. Bu
moddada kreditorning shartnoma boʻyicha oʻziga tegishli narsani qabul
qilishni kechiktirib yuborishi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish
huquqini berishi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin boʻlmay
qolsa, uni javobgarlikdan ozod qilish, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki
qoʻpol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno ekanligi, pul
majburiyati boʻyicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun
qarzdor foizlar toʻlashga majbur emasligi koʻrsatilgan.
Kreditorning kechiktirishi ikki turdagi xatti-harakatdan, birinchidan,
kreditor oʻziga qarzdor tomonidan lozim darajadagi ijroni qabul
qilmaslikdan, ikkinchidan, qarzdorning oʻz majburiyatini bajarishga qadar
kreditor tomonidan lozim boʻlgan harakatning u tomondan
qilinmaganligidan iborat boʻlishi mumkin.


2


70





Chunonchi, agar mahsulot oluvchi mahsulotni topshirishga tayyor
ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlsa-yu, uni belgilangan muddatda
olib ketmasa majburiyatni kechiktirishga yoʻl qoʻygan hisoblanadi.
Kreditor oʻziga yuklatilgan harakatlarni bajarmasa va bu harakatni
bajarmasdan turib qarzdor majburiyatini ijro eta olmaydigan hollarda ham
kreditor kechiktirgan hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish
shartnomasi boʻyicha mahsulot uni oluvchiga bevosita yuborilmay, balki
sotib oluvchining taqsimotiga (razkoryadka) muvofiq ravishda
shartnomada qatnashmagan boshqa tashkilotlarga joʻnatilishi lozim
boʻlganida belgilangan muddatda taqsimotning berilmasligi kreditorning
kechiktirishini anglatadi. Boshqa bir misol: qurilish pudrati shartnomasi
boʻyicha buyurtmachi pudrat shartnomalari toʻgʻrisidagi qoidalar boʻyicha
oʻz zimmasidagi harakatlarni bajarmaganida ham kreditorning
kechiktirishi koʻrinadi.
Kreditor majburiyatni kechiktirishda oʻz aybi yoki oʻziga qarashli
shaxslarning aybi yoʻqligini isbotlay olmasa, majburiyatning
kechiktirilishi natijasida qarzdorga yetkazilgan zararni toʻlashga majbur
boʻladi. Chunonchi, belgilangan muddatda olib ketilmagan mahsulotlarni
saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashi shart. Odatda, bunday hollarda
neustoyka (penya, jarima) undiriladi.
Kreditorning kechiktirishi koʻpincha majburiyatning bajarmasligida
aybli boʻlgan qarzdorning javobgarligi toʻgʻrisida da’vo qoʻzgʻatilganda
muhim ahamiyatga ega boʻladi. Chunki bunday hollarda kreditorning
ayblilik darajasi e’tiborga olinib, qarzdorning javobgarligi darajasi
birmuncha kamaytirilishi mumkin.
Agar kechiktirish kreditorning oʻz aybi yoki qonunga yoxud
kreditorning topshirigʻiga binoan ijroni qabul qilish yuklatilgani
shaxslarning qasdi yoki qoʻpol ehtiyotsizligidan emasligini kreditor
isbotlasa, u kechiktirish boʻyicha javobgarlikdan ozod boʻladi.
Majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida u tomondan berilgan
tilxat yoki hujjatini kreditor qarzdorga qaytarib berishdan bosh tortganda
ham kreditor kechiktirgan hisoblanadi.


Yuqorida aytilganidek, kreditor majburiyatning qarzdor tomonidan
bajarilishida unga koʻmaklashishga majbur. Agar u oʻzining bunday
majburiyatini bajarmasa, oqibatlari uchun ham javobgar boʻladi.
Kreditorning majburiyatni kechiktirish oqibatlari quyidagilardan iborat
boʻlishi mumkin:


birinchidan, majburiyatning kechiktirilishi natijasida qarzdorga
yetkazilgan zararni toʻlaydi; masalan, qarzdor majburiyatini bajarish


2


71





yuzasidan kerakli mahsulotlarni oʻz vaqtida yetkazgan boʻlsa-yu, kreditor
boʻsh ombor binosining boʻlmasligini bahona qilib, mahsulotni qabul
qilishdan bosh tortsa, qarzdor mahsulotning tashilishi va saqlanishi bilan
bogʻliq oshiqcha xarajatlardan kelgan zararlarni kreditordan undirishga
haqli. Bu holda kreditor bunday kechiktirishning oʻz qasdi yoki
ehtiyotsizligi bilan bogʻliq boʻlmaganligini yoki bunday kechiktirishda
qonun yoxud kreditorning topshirigʻi boʻyicha majburiyatni bajarishni oʻz
zimmasiga olgan boshqa shaxslarning qasd yoki ehtiyotsizligidan
kelmaganligini isbotlasa, qarzdor koʻrgan zararlarni toʻlashdan ozod
qilinadi;
ikkinchidan, kreditorning kechiktirish vaqti uchun qarzdor pul
majburiyatlari boʻyicha foizlar toʻlamaydi;
uchinchidan, agar kreditor qarzdorga uning bergan tilxatini yoki
boshqa qarz hujjatini qaytarishdan, yoxud tilxatda qarz hujjatining
qaytarilishi mumkin boʻlmasligini koʻrsatishdan bosh tortsa, qarzdor ijro
etishni toʻxtatishga haqli.
Bajarish mumkin boʻlmasligi tushunchasi ham ma’lum ahamiyatga
ega. Bajarish mumkin boʻlmasligi, yuqorida aytib oʻtilganidek,
majburiyatning real tarzda, ya’ni asl holatda bajarish mumkin
boʻlmasligini bildiradi. Bajarish mumkin boʻlmasligi toʻgʻrisidagi masala
har bir muayyan holatda sud tomonidan mazkur ishning xususiyatlari
e’tiborga olinib hal etiladi.
Qarzdordan majburiyatning real tarzda bajarilishini ba’zi hollarda va
ba’zi asoslar boʻyicha talab qilish mumkin boʻlmaydi. Bunga quyidagilarni
koʻrsatish mumkin:


1


) majburiyatning aslicha bajarilishi mumkin boʻlmasligi, ya’ni


majburiyat narsasi xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo boʻlib, uni
aslicha topshirish mumkin boʻlmagan holatlarning mavjudligi yoki biror-
bir holatning sodir boʻlishi sababli qarzdor majburiyatini ma’lum bir joyda
bajara olmasligi kabi;


2


) majburiyatning huquqiy jihatdan bajarilishi mumkin boʻlmasligi,


ya’ni ba’zi hollarda majburiyatning bajarilishi bunday majburiyat vujudga
kelgandan soʻng qabul qilingan qonun hujjatlariga xilof keladigan boʻlsa,
majburiyat bajarilmasligi mumkin;


3


) ba’zi hollarda majburiyatning real bajarilishi nihoyatda qiyin


boʻlishi mumkin. Masalan, shartnoma boʻyicha biror-bir majburiyatni
shaxsan bajarishga majbur qarzdorning qattiq betob boʻlib qolishini
koʻrsatish mumkin.


2


72





Majburiyatning bajarilishi mumkin boʻlmasligi qarzdorni kreditor
oldida boʻlgan javobgarlikdan ozod qilmaydi. Qarzdor faqat
majburiyatning bajarilishi mumkin boʻlmasligida oʻz aybining yoʻqligini
isbot qilsagina, javobgarlikdan ozod boʻladi. Masalan, xususiy alomatlari
bilan belgilangan ashyolar ijaraga oluvchining qoʻlida boʻlgan vaqtda
uning aybidan tashqari nobud boʻlsa, qarzdor kreditorga zarar yoki
jarimani toʻlashdan ozod boʻladi.
Agar ashyolarning nobud boʻlishi qarzdorning mazkur ashyolarga
beparvolik bilan, ehtiyotsizlik muomalasi tufayli boʻlsa, kreditorga
yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish