Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet132/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

2


0-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN


JAVOBGARLIK


Majburiyatlarning buzilishi va buning uchun fuqarolik-huquqiy
javobgarlik tushunchasi. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
asoslari. Qarzdorning zararni toʻlash majburiyati. Qarzdorning
javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari. Majburiyatning qarzdor va kreditor
tomonidan kechiktirilishi oqibatlari.


Majburiyatlarning buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy
javobgarlik mohiyati va ahamiyati


Ma’lumki, jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri
qonun ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, siyosiy
ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga
solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq
normalarini buzganligi uchun javobgar boʻladi. Bozor mexanizmining eng
asosiy xususiyatlaridan biri xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida
ularning iqtisodiy javobgarligi va toʻliq iqtisodiy mustaqilligi asosida
qonun va shartnomalar intizomiga qat’iy rioya qilish hisoblanadi. Qonun
va shartnomalar mazmunida esa koʻp hollarda fuqarolar va yuridik
shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi.
Majburiyat yuzasidan qarzdor boʻlgan shaxs uni butunlay
bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish
yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof
harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan
dalolat beradi. Ya’ni majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs kreditorning
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Masalan, sifatsiz mahsulot (tovar)
yetkazib berilgan mahsulot sotuvchi tashkilot qarzdor sifatida huquq normasini,
ya’ni, FKning tegishli moddasida koʻrsatilgan qoidani buzish bilan mahsulot oluvchi
korxonaning ya’ni kreditor tashkilot qarzdor tashkilotdan shartnomaga muvofiq,
sifatli mahsulot (tovar)ning oʻziga topshirilishi boʻyicha huquqini ham buzadi.
Qarzdorning harakatsizligi ham huquqqa xilof hisoblanishi mumkin.
Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday xatti-harakatidan iborat boʻlib
koʻrinadiki, bunda qarzdor oʻzi amalga oshirishi lozim boʻlgan harakatni
qilmaydi. Masalan, uy-joy ijarasi shartnomasi boʻyicha tashkilotning uyida
yashovchi fuqaro belgilangan ijara haqini toʻlamasligi bilan Uy-joy kodeksining


6


9-moddasida belgilangan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnomaga muvofiq


tarzda qarzdordan kvartira haqining oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish huquqiga


2


62





ega boʻlgan tashkilotning ijaraga beruvchining, ya’ni kreditorning subyektiv
huquqi ham buziladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik boʻyicha qarzdor tomonidan
majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi hollarida,


qonun yoki shartnomada belgilangan sanksiyalar qoʻllaniladi.


Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik
majburiyatni bajarmagan qarzdor zimmasiga zararlarni, neustoykani
kreditor foydasiga toʻlash vazifasini yuklashdan iboratdir.


Birovga zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatlarda
zarar yetkazuvchi jabrlangan shaxsga yetkazilgan zararning pul bilan
hisoblangan miqdorini toʻla ravishda toʻlaydi. Shartnoma boʻyicha olingan
majburiyatlarning bajarilmasligi esa kreditorning koʻrgan zararlarni
toʻlatish uchun ham, qarzdordan neustoykaning undirilishi uchun ham asos
boʻladi.
Qarzdorning majburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya’ni,
majburiyatni shartnoma yoki qonunda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq
ravishda bajarmasligi; masalan, mahsulotning sifati, topshirish muddati,
shartnomaning bajarilish joyi kabi shartlar buzilishidan iboratdir.
Majburiyat qarzdor tomonidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali
majburiyatning majburiy tartibda bajarilishini, birinchi navbatda, albatta
real ravishda bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada bajarilmagan
boʻlsa, uning qonun yoki shartnomada koʻrsatilgan shartlarga muvofiq
bajarilishini talab qilishga haqli.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish