Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi


Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi va hajmi



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.

Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.Mazkur bitiruv-malakaviy ish 

kirish,  oltita  paragrafni  o‘z  ichiga  olgan  ikkita  bob,  xulosa  hamda  foydalanilgan 

adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



10 

 

I BOB. DAVLAT 



BOSHQARUVINI 

DEMOKRATLAShTIRISh 

TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIGA UMUMIY TAVSIF.  

1.1. Siyosiy partiyalar va ularni davlat boshqaruvi tizimida tutgan o‘rni. 

Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  huquqiy  demokratik  davlat  qurish  va 

fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  bo‘yicha  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi. 

Fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarini  ta'minlashda 

bevosita  ishtirok  etuvchi  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  shakllantirish  jarayonlari 

tobora chuqurlashib bormoqda.  

O‘zbekiston  siyosiy  tizimi  zamonaviy  siyosiy  munosabatlar  shart-sharoitlari 

va  omillariga  moslashish  hamda  uyg‘unlashish  sifatlariga  ega  bo‘lib  bormoqda. 

Mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan ko‘ppartiyaviylik tizimi 

bugungi  kunda  izchil  rivoj  topmoqda.  Siyosiy  partiyalarning  islohotlar 

jarayonidagi jamiyatni  yangilash  va  modernizatsiya qilish,  fuqarolarning  ijtimoiy-

siyosiy  faolligini  oshirishdagi  roli  va  ahamiyati  kuchayib  borayapti.  Partiyalar 

faoliyatining  tashkiliy-huquqiy,  moliyaviy  shart-sharoitlari  mustahkamlanmoqda, 

ularning  xalq  orasidagi  obro‘si  ortib,  davlat  ahamiyatiga  molik  qarorlar  qabul 

qilishdagi ta'siri tobora kuchayib bormoqda. 

Siyosiy  plyuralizm  va ko‘ppartiyaviylik jamiyat  ijtimoiy  hayotining ajralmas 

qismiga  aylandi.  Ushbu  qoidaning  Konstitutsiya  darajasida  mustahkamlanishi 

siyosiy  partiyalarning  fuqarolik  jamiyati  va  davlat  o‘rtasidagi  vositachilik  roli, 

konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi oliy darajada e'tirof etilganligini anglatadi. 

Endi  qisqacha  siyosiy  partiyanin  mohiyatiga    to’xtalib  o’tadigan  bo’lsak, 

jamiyatda  siyosiy  partiyalarning  mavjudligi  va  erkin  faoliyat  ko‘rsatishi 

demokratik  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishning  asosiy 

garovidir.  Partiyalarning  demokratiyani  shakllantirishdagi  bevosita  ta'siri  ularning 

jamoat  tashkiloti  ekanliklaridan  kelib  chiqadi,  ya'ni  siyosiy  partiya  xalq 

hokimiyatchiligini  amalga  oshirish  maqsadida  aholining  ijtimoiy  fikrini 

ifodalovchi yirik ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi.  




11 

 

Shuning  uchun  ham  siyosiy  tizimning  ajralmas  tarkibiy  qismi  va  uning 



asosiy bo’g’inlaridan biri siyosiy partiyalardir. 

Partiya  (lotincha  Partio  –  bo’laman,  ajrataman)  –  g’oyaviy  jihatdan 

maslakdosh,  manfaatlari  mushtarak  bo’lgan,  shuningdek,  muayyan  ishni  bajarish 

maqsadida  tuzilgan  kishilar  guruhidir

15

.  1996-yil  26-dekabrda  qabul  qilingan 



“Siyosiy 

partiyalar 

to’g’risida”gi 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Qonunining                 

1-moddasiga  ko’ra,  siyosiy  partiya  O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining 

qarashlar,  manfaatlar  va  maqsadlar  mushtarakligi  asosida  tuzilgan,  davlat 

hokimiyati  organlarini  shakllantirishda  jamiyat  muayyan  qismining  siyosiy 

irodasini  ro’yobga  chiqarishga  intiluvchi  hamda  o’z  vakillari  orqali  davlat  va 

jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashma hisoblanadi.  

Siyosiy partiya – bu jamiyatdagi ma’lum bir guruhlar, toifalar, qatlamlarning 

qiziqishlarini  aks  ettiradigan  hamda  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  va  davlat 

ishlarida  qatnashish  orqali  ularni  amalga  oshirishni  o’z  oldiga  maqsad  qilib 

qo’yadigan  kishilar  birligini  ifodalaydi

16

.  Boshqacha  aytganda,  siyosiy  partiyalar 



mamlakatdagi  muayyan  aholining  yoki  guruhlarning  manfaatlarini,  maqsadlarini 

va  intilishlarini  ifodalaydigan  hamda  qonuniy  vositalar  yordamida  ularni  davlat 

siyosati  darajasiga  ko’tara  oladigan  jamiyatdagi  yagona  kuch  hisoblanadi.  Aynan 

mana  shu  jihati,  ya’ni  siyosiy  hayotdagi  bevosita  ishtiroki  bilan  o’z  manfaatlarini 

ifodalashi orqali siyosiy partiyalar boshqa jamoat tashkilotlaridan farqlanadi. 

Siyosiy  partiyalar  zamonaviy  demokratik  jamiyatlar  siyosiy  tizimining 

muhim ajralamas qismidir. Davlat va huquq nazariyasidan bizga ma’lumki, siyosiy 

tizim – bu xalq irodasiga muvofiq davlatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga 

xizmat  qiluvchi  siyosiy  institutlar,  siyosiy  normalar,  prinsiplar,  jarayonlarning 

o’zaro  aloqadorligi  va  mushtarak  yig’indisi.  Ramziy  ma’noda  aytganda,  siyosiy 

tizim  davlat  hokimiyatini  amalga  oshiruvchi  siyosiy  muassasalar  yoki 

tashkilotlarning 

harakatlanish 

maydonidir, 

ushbu 

siyosiy 


maydonning 

                                                             

15

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.6-tom. – Toshkent: 2010. – B. 698. 



16

  Bekov  I,  Abbosxo’jayev  Sh.  Siyosiy  partiyalar  va  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi.  –Toshkent: 

O’zbekiston, 2007. –B.5. 



12 

 

barqarorligini  mustahkamlovchi  asosiy  poydevor  –  siyosi  partiyalardir.Zero, 



siyosiy  partiyalar  hokimiyat  konstitutsiyaviy-huquqiy  tuzilishining  barcha 

bo’g’inlariga  singib  ketgan  holda  nafaqat  uni  shakllantirishda,  balki  faoliyat 

yuritishida ham hal qiluvchi rol o’ynaydilar. 

Demak,  siyosiy  partiyalarning  mavjud  bo’lishi  va  real  munosabatlarni  aks 

ettirgan  holda  faoliyat  ko’rsatishi  –  demokratik  huquqiy  davlat  va  fuqarolik 

jamiyatini  barpo  etish  asosidir.  Real  ijtimoiy  munosabatlar  sharoitida  siyosiy 

partiyalar  haqiqiy  demokratiya  hamda  fuqarolik  jamiyati  uchun  bevosita  va 

bilvosita omil bo’lib xizmat qiladi. Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi 

bevosita  ta’siri  ularning  jamoat  tashkiloti  ekanligidan  kelib  chiqadi,  ya’ni  siyosiy 

partiya  xalq  hokimiyatchiligini  amalga  oshirish  maqsadida  aholining  ijtimoiy 

fikrini  ifodalovchi  yirik  xalq  tashkiloti  sifatida  namoyon  bo’ladi.Turli  xil 

partiyalarning  mavjud  bo’lishi  natijasida  esa  jamiyatda  siyosiy  fikr,  qarashlarning 

xilma-xilligi (plyuralizm) vujudga keladi.“Plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi va 

qarashlarning  rangbarangligi  ma’rifiy  jamiyatga  xos  bo’lib,  muayyan  haqiqatni 

turlicha izohlash, tushunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi”

17



Shunday  ekan,  hech  bir  demokratik  huquqiy  davlatning  siyosiy  tizimni 

siyosiy  partiyalarsiz  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.Shunga  qaramasdan,  siyosiy 

partiyaga ega bo’lmagan davlatlar  hozir  ham  mavjud. Ayrim olimlarning  fikricha, 

bunday davlatlar; 

Birinchidan,  siyosiy  an’analari  va  siyosiy  tuzilishi  rivojlanmaydigan, 

fuqarolarning  siyosiy  intilishlarini  ifodalovchi  tashkilotlarga  hali  muhtoj 

bo’lmayotgan  o’ziga  xos  aholisi  bo’lgan  davlatlardir  (Saudiya  Arabistoni,  BAA, 

Quvayt, Qatar, Ummon, Butan va boshqalar); 

Ikkinchidan,  harbiy  to’ntarishlardan  keyin  zo’rlik  bilan  partiyalarning 

qonuniy faoliyatini tugatadigan totalitar rejim asosidagi davlatlar (hozirgi Nigeriya, 

1970-1980-yillarda Prezident Pinochet boshqaruv davridagi Chili va boshq.).  

                                                             

17

 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: O’zbekiston, 2000. – B. 19. 




13 

 

Konstitutsiyamizning  12-moddasida  belgilanganidek,  mamlakatda  ijtimoiy 



hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 

Bu  esa  o’z-o’zidan  jamiyatda  siyosiy  plyuralizmninng  vujudga  kelishini 

kafolatlaydi.Konstitutsiyamizning  60-moddasidagi  “Siyosiy  partiyalar  turli  tabaqa 

va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan 

saylab  qo’yilgan  vakillari  orqali  davlat  hokimiyatini  tashkil  etishda  ishtirok 

etadilar”. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta'kidlaganidek,  “Partiya 

degani  -  bu  mansab  uchun,  lavozim  uchun  kurash  emas,  balki  muayyan  g‘oya 

uchun,  uning  jamiyatda  ustuvor  bo‘lishi  va  ro‘yobga  chiqishi  uchun  kurash 

demakdir.  Agar  partiya  ma'nosini  mana  shu  nuqtai  nazardan  tushunar  ekanmiz, 

qancha partiya bo‘lsa bo‘laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beri-

ladi”


18

Shuning  uchun  ham  dastlabki  yillarda  mamlakatimiz  mustaqillikka  erishish 



davriga  kelib,  partiya  a'zolari  orasida  mustaqillik  g‘oyalari  kuchayib,  ular  amaliy 

ishlarga  aylana  boshladilar.  O‘zbekistonda  1989  yilda  partiya  rahbariyatiga 

I.A.Karimov kelgandan so‘ng ichki va tashqi siyosatdagi katta o‘zgarishlar ko‘zga 

tashlana  boshlandi.    Oliy  Kengash  tomonidan  1991  yil  15  fevralda  “O‘zbekiston 

Respublikasida  jamoat  birlashmalari  to‘g‘risida”gi  Qonunning

19

  qabul  qilinishi 



bilan  mamlakatda  jamoat  birlashmalarining  erkin  va  mustaqil  faoliyat  yuritishlari 

uchun  ilk  bor  mustahkam  huquqiy  asos  yaratildi.  Ushbu  qonunning    mamlakatda 

ko‘ppartiyaviylik  tizimi  shakllanishining  huquqiy  jihatlarini  ta'minlab  berishi 

natijasida  yangi  siyosiy  partiyalarning  yuzaga  kelishi  jarayoni  boshlandi.  Milliy 

mustaqillik  davrida  tashkil  topgan  ilk  siyosiy  partiya  bu  –  O‘zbekiston  Xalq 

demokratik  partiyasidir.  Partiyaga  1991  yilning  1  noyabrida  bo‘lib  o‘tgan  ta'sis 

qurultoyida asos solindi. Qurultoy  mustaqil O‘zbekiston tarixidagi  muhim siyosiy 

voqyea, ya'ni O‘zbekiston XDP ta'sis etilganligini e'lon qildi. 

                                                             

18

 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. –Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B.351. 



19

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.– 2014 y., 50-son, 588-modda. 




14 

 

Mazkur  partiya  tashkil  etilganidan  hozirgi  kunga  qadar  to’rt  marotaba 



Prezident  saylovlarida  hamda  parlament  saylovlarida  ishtirok  etib,  o‘z 

saylovchilari  ishonchini  qozongan  holda  parlamentda  o‘z  fraksiyasini  tashkil 

etishga  erishdi.  O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  bugungi  kunda  parlament 

partiyasi  sifatida  faoliyat  yuritmoqda.  Xususan,  1994  yilgi  parlament  saylovlari 

natijasida  mazkur  partiyadan  69  ta  deputat,  1999  yilgi  saylovlarda  49  nafar,  2004 

yilgi  saylovlarda  28  nafar,  2009  yilgi  saylovlarda  32  nafar  2014  yilgi  saylovlarda 

27  nafar  deputat  saylandi.  Ushbu  ko‘rsatkichlarning  har  bir  saylovlarda  o‘zgarib 

turishi  partiyaning  saylovlarga  qanchalik  tayyorgarlik  ko‘rganligidan  dalolat 

beradi. 

O‘zbekistonda  ko‘ppartiyaviylikning  rivojlanish  tarixida  o‘z  o‘rniga  ega 

partiyalardan  yana  biri  O‘zbekiston  “Vatan  taraqqiyoti”  partiyasi  hisoblanadi. 

Ushbu  partiya  1992  yil  24  mayda  bo‘lib  o‘tgan  ta'sis  qurultoyida  tashkil  topgan. 

Mazkur  partiyaning  dastlabki  besh  yillik  faoliyatiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak, 

partiya  faoliyatining  dastlabki  kunlaridanoq,  o‘zini  ziyolilar,  tadbirkorlar 

doirasidagi  yoshlar  partiyasi,  deb  e'lon  qilgan  bo‘lsa-da,  lekin  ularning 

manfaatlarini bir  nuqtaga qaratgan  holda  ifodalab bera olmadi  va  ularni to‘laqonli 

amalga oshira olmadi ham”

20



Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish