101
ro‘y beradi. Tadbirkor o‘z faoliyatini boshlash
davrida yoki amalga
oshirish jarayonida qo‘shimcha pul mablag‘lariga muhtoj bo‘lib qolishi
mumkin. Bunday muhtojlikdan qutulish uchun u tegishli banklardan o‘z
vaqtida qaytarib berish sharti bilan qarz (kredit) oladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”gi
qonuniga
muvofiq
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug‘ullanuvchi
har bir fuqaro, jamoa (shirkat), tashkilot, ya’ni
tadbirkorlar pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni tegishli banklardan
olinadigan qarz (kredit)lar hisobiga qanoatlantirishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun iqtisodiy asos mulk
hisoblanadi. Tadbirkor o‘z faoliyatini mol-mulkka nisbatan huquq subyekti
sifatida amalga oshirishi, shuningdek, bunday huquq subyekti bo‘lmasdan,
boshqalar, ya’ni davlat va jamoat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan mol-mulk
asosida faoliyat yuritishi mumkin. Tadbirkor mulk huquqi subyekti
bo‘lmagan taqdirda boshqalarning mulkiga nisbatan xo‘jalik yuritish va
operativ boshqarish huquqiga asosan faoliyat yuritadi. Xo‘jalik yuritish va
operativ boshqarish huquqining mazmuni
Fuqarolik kodeksining 71,72, 76
,
178, 181-moddalarida
belgilangan.
Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya
qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizitsiya
qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizitsiya
qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muqobil
kompensatsiyasi to‘lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar,
epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa
holatlar bundan mustasno.
102
Xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo‘lgan
tadbirkor o‘z faoliyatini mulkdor tomonidan
belgilangan doirada amalga
oshirishi lozim. Shunday ekan tadbirkor unga berilgan huquqlarni amalga
oshirishda faqat o‘zining erki va manfaati emas, balki mulkdorning erki va
manfaatlarini ham hisobga olgan holda harakat qiladi. Mulkka nisbatan
xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkor
foyda olish maqsadida turli xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadi, bu
borada erkin tashabbus ko‘rsatib harakat qiladi, o‘z faoliyatining natijalari
va majburiyatlari boʻyicha shaxsan o‘zi javobgar bo‘ladi.
Har qanday shakldagi tadbirkorlik, birinchidan, mulk egasining ishlab
chiqarish jarayonida shaxsan bevosita ishtirok etishi,
ikkinchidan, boshqa
fuqarolarning mehnatini qo‘llash, ya’ni undan foydalanishga asoslangan
bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsan mulk egasining o‘zining mehnatda
qatnashishiga yoki
yollanma mehnat foydalanishda, shuningdek, o‘zining
hamda yollanma mehnatning birgalikda qo‘shib amalga oshirilishiga
asoslangan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: