237
Аdabiyotlarda bu tushunchalarning maʼno-mazmuniga bag‘ishlangan
fikr-mulohazalar bildirilgan bo‘lsa-da, yagona yondashuv mavjud emas
1
.
To‘lovga
qobiliyatsizlik
tushunchasi
qarzdorning
kreditorlar
talablarini bajara olmaslik holatini bildiradi. To‘lovga qobiliyatsizlik holati
ish qo‘zg‘atilishidan oldin paydo bo‘ladi va bu holat qarzdor bankrot deb
topilib, davlat ro‘yxatidan chiqarilguncha yoki qarzdor to‘lov
qobiliyati
tiklanguncha saqlanib turadi. Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv
va tugatishga doir ish yuritish taomillari qarzdorning to‘lovga
qobiliyatsizligi natijasida qo‘llaniladi, qarzdorning bankrotligi natijasida
emas. Bankrot deb topilgan barcha qarzdorlar to‘lovga qobiliyatsiz
hisoblansa, to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorlarning barchasi ham bankrot deb
topilmasligi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik qarzdorning moliyaviy holatini anglatsa,
bankrotlik to‘lovga qobiliyatsizlikning
huquqiy oqibatidir
2
. To‘lovga
qobiliyatsizlik bankrotlikning o‘zi emas. To‘lovga qobiliyatsizlik
qarzdorning iqtisodiy holati, bankrotlik esa to‘lovga qobiliyatsiz
qarzdorning sud hujjati asosida tugatilishidir
3
. Shunga o‘xshash fikrlarni
boshqa adabiyotlarda ham uchratish mumkin
4
.
F.H. Otaxonov va F.B.
Ibratova yozadiki, bu o‘rinda qarzdor
korxonaning sudgacha bo‘lgan ahvolini nochor so‘zi bilan ifodalab,
xo‘jalik sud qarori bilan korxona bankrot deb eʼtirof etilgan bo‘lsa,
qarzdor korxonani bankrot deb topilishini ajratish lozim.
1
Шершеневич Г.Ф. Конкурсное право. – Казань, 1898. – С. 140; Ткачев В.Н. Актуальные проблемы
несостоятельности (банкротства) в современном российском праве: дисс. … канд. юрид. наук. – М.,
1999. – С. 139; Попондопуло В.Ф. Конкурсное право. Правовое регулирование несостоятельности
(банкротства): Учеб. пособие. – М.: Юристъ, 2001. – С. 27; Телюкина М.В. Комментарий к
Федеральному закону «О несостоятельности (банкротстве)». – М, 2003. – С. 14.
2
http://www.bankruptcy24.co.za/index.php?option=com_content&view=article&id=63:definition-
insolvency-vs-bankruptcy&catid=48:general-articles&Itemid=65
3
https://www.debt.org/faqs/insolvency/;
https://www.debt.org/faqs/insolvency/;
https://www.hg.org/insolvency-law.html
4
Кораев К.Б. Правовое положение неплатежеспособного должника.
Диссертация на соискание
ученой степени доктора юридичических наук. – Санкт-Петербург, 2014. – С. 24; Витрянский В.В.
Пути совершенствования законодательства о банкротстве // Вестник ВАС РФ. – 2001. – №3. – С. 92;
Телюкина М.В. Теория и практика несостоятельности (банкротства). – М., 2002. – С. 105;
Попондопуло В.Ф. Проблемы совершенствования законодательства о несостоятельности
(банкротстве) // Правоведение. – 2006. – №3. – С. 23; Москалева О.А. Категория
неплатежеспособности в конкурсном праве России // Предпринимательское право. – 2007. – №4. – С.
24; Карелина С.А. Механизм правового регулирования отношений несостоятельности. – М., 2008. –
С. 124; Merrill J.H. The American and English encyclopaediya of law. Volume XI. Edward Thompson
Company, Law Publishers. – New York. 1890. – P. 168-170; Judicial and Statutory Definitions of Words
and Phrases. Tom IV. West Publishing Company. – Indiana, 1928. – P. 324;
Journal of the National
Association of Referees in Bankruptcy. – Indiana, April 1963, – P. 37, July 1964, – P. 74; Insolvency: a
practical legal handbook for managers. Woodhead publishing ltd. – London, 1996. – P. 12; Jurinski J.J.
Bankruptcy step-by-step. Second edition. Barron’s educational series. – New York, 2003. – P. 33.
238
Bankrot tushunchasi esa faqat sudning hal qiluv qaroridan so‘ng
korxonaga nisbatan qo‘llanishi mumkin
1
. Demak, bankrotlik sudning hal
qiluv qarori bilan bankrot deb topilgan qarzdorning huquqiy holatini
anglatadi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, ayrim davlatlar (Yaponiya, Koreya,
Norvegiya, Finlandiya, Qozog‘iston) qonunchiligiga ko‘ra to‘lovga
qobiliyatsizlikni bartaraf qilish bo‘yicha sudda ikki xil ish ko‘riladi:
bankrotlik to‘g‘risidagi ish va reabilitatsiya to‘g‘risidagi ish. Bu holatda
to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchasiga ustunlik
berish talab etilmaydi,
chunki bankrotlik va reabilitatsiyani o‘z ichiga oluvchi umumiy
tushunchadan foydalanishga ehtiyoj yo‘q. Germaniya, АQSH, Rossiya,
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq sudda yagona ish doirasida turli
taomillar (masalan, sud sanatsiyasi, tugatishga doir ish yuritish)
qo‘llaniladi, maxsus qonunlarning tuzilishi ham shunga mos ravishda
ishlab chiqilgan. Ushbu vaziyatda to‘lovga qobiliyatsizlik
tushunchasidan
foydalanish talab etiladi. Germaniya To‘lovga qobiliyatsizlik statutida ham
to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchasidan keng foydalanilib, to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qarzdor bankrot deb topilishi yoki
sud sanatsiyasi orqali sog‘lomlashtirilishi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrot, bankrotlik
tushunchalariga quyidagicha taʼrif berish taklif etiladi:
to‘lovga qobiliyatsizlik – qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha
kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha
o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi.
Bankrotlik – iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan uni tugatish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan tugatishga doir ish yuritish taomilining
qo‘llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: