Toshkent davlat yuridik universiteti


Valyuta bozorini tartibga solish



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

8.4.Valyuta bozorini tartibga solish 
Valyuta munosabatlari markazida valyuta va uning o‘ziga xos jihatlari 
turadi.
“Valyuta” atamasi italyanchadan miqdor ma’nosini anglatadi. Mazkur 
atama adabiyotlarda davlatlarning milliy pul birligi bilan birga xorijiy 
davlatlar pul birligini ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq amaliyotda valyuta 
atamasi xorijiy pul birliklarini ifodalashda qo‘llaniladi. 
Xalqaro valyuta fondi bitimlarida valyuta atamasi qonun bilan 
belgilangan, 
qaysidir 
davlatning 
hududidagi 
moliya-valyuta 
munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan, davlatning pul tizimidagi 
hisob-kitob birligi sifatida belgilangan
1

Shuningdek, bu borada E.Hojiyevning fikricha, valyuta tushunchasi 
ikki ma’noda ishlatiladi: ya’ni, birinchidan, valyuta davlatning pul birligi 
hisoblanadi;
ikkinchidan, valyuta xorij davlatlarining pul birligi, shuningdek, 
xalqaro hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan va xorij pul birligida ifodalangan 
kredit va to‘lov hujjatlari hisoblanadi
2

O‘z navbatida, G.Gafarovaning fikricha, valyuta va pul atamalari bir 
xil bo‘lsa-da, ma’lum davlat ichida pul atamasi, undan tashqarida esa 
valyuta atamasi qo‘llaniladi
3

Bu borada ta’kidlash lozimki, bu ikki tushuncha bir-biridan farq 
qiladi. Pulning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi uni valyutaga 
aylantiradi. Shu bois pullar tashqi bozorlarda valyuta sifatida ham ishtirok 
etishi, ham ishtirok etmasligi mumkin. 
1
Гафарова Г.Р. Валютное право. Учебное пособие. – Казань: Институт экономики и управления 
права, 2010. –С.54. 
2
Ҳожиев Э. Молия ҳуқуқи: Маърузалар курси / Э.Ҳожиев, О.Камалов, Б.Артиков. – Т.: Ўзбекистон 
Республикаси ИИВ Академияси, 2012. –
Б. 319. 
3
Ҳожиев Э. Молия ҳуқуқи: Маърузалар курси / Э.Ҳожиев, О.Камалов, Б.Артиков. – Т.: Ўзбекистон 
Республикаси ИИВ Академияси, 2012. –
Б. 319. 


201 
Mazkur masalada G.Gafarovaning ta’kidlashicha, valyuta maqomi 
pullarga qo‘shimcha vazifa beradi: pullar pul birligida qiymatga ega 
bo‘ladi, ya’ni tovarga aylanadi va sotib olinishi yoki sotilishi mumkin 
bo‘ladi
1

Adabiyotlarda valyuta operatsiyalarining huquqiy tabiati borasida 
ko‘plab bahs-munozaralar olib borilgan. Bunda bahslar valyuta 
operatsiyalari 
deganda 
bitimmi, 
shartnomami 
yoki 
hisob-kitob 
tushunilishi, shuningdek, bitim deganda to‘liq shartnomami yoki uning 
amalga oshirilishi boʻyicha operatsiyalar tushunilishi borasida borganligini 
ta’kidlash mumkin
2

Masalan, N.Yerpilevaning fikricha, valyuta operatsiyalari “valyuta 
qimmatliklarining harakatlanishi bilan bog‘liq bitimlar asosida amalga 
oshiriladigan 
valyuta 
rezident 
va 
norezidentlarning 
harakatlari 
hisoblanadi”
3

Bir qator olimlar esa valyuta operatsiyalarini bitimlar deb e’tirof 
etishadi. Masalan, A.Brizgalinning fikricha, valyuta operatsiyalari deganda 
milliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuvlar bilan tartibga solingan
predmeti valyuta qimmatliklari bo‘lgan bitimlar yoki boshqa harakatlar 
tushuniladi
4

D.Uzoykin esa “qonunchilikda keltirilgan valyuta operatsiyalarining 
ko‘pchiligi bitimlar hisoblanadi deb qayd etgan
5

O‘z navbatida, valyuta operatsiyalariga keng ma’noda ta’rif 
berilganini ham kuzatish mumkin. Masalan, T.Teplyakovaning fikricha, 
valyuta operatsiyalari – bu valyuta qonunchiligida nazarda tutilgan, 
valyuta va valyuta qimmatliklariga nisbatan amalga oshiriladigan, milliy 
valyutani va, umuman olganda, davlatning iqtisodiy suverenitetini 
muhofaza qilish davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi 
lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning harakatlari hisoblanadi. 
1
Гафарова Г.Р. Валютное право. Учебное пособие. – Казань: Институт экономики и управления 
права, 2010. –С.54. 
2
Ялбулганов А., Шаманова Е. Валютные операции: вопросы терминологии // Капитал и право. –
2005. 
3
Ерпылева Н.Ю. Правовое регулирование валютных операций банков в Российской Федерации // 
Банковское право. – 2006. –
№ 4. 
4
Брызгалин А.В. Предприятие и валютный контроль: Типичные нарушения резидентов при 
совершении валютных операций (Теория. Практика. Анализ). Ч. I // Налоги и финансовое право. –
1996. – С. 9. 
5
Узойкин Д.А. Сделки с валютными ценностями и проблемы их недействительности: д.. к.ю.н. –
М., 
2002. – С. 65. 


202 
Yuqorida qayd etilgan qarashlarni tahlil qilish asosida ta’kidlash 
mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-
moddasiga ko‘ra “bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik 
huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan 
harakatlariga aytiladi”. 
Bitimlarning valyuta operatsiyalaridan farqi ham aynan shunda, ya’ni 
ularning huquq va burchlarni belgilashi, o‘zgartirishi yoki bekor qilishida 
namoyon bo‘lib, valyuta operatsiyalari aynan bitimlardan kelib chiqqan 
holda bitimlardan ko‘zlangan maqsadga erishishga xizmat qiladi. Ularni 
bir-biridan ajratuvchi jihatlar ham shunda namoyon bo‘ladi.
Bundan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, valyuta operatsiyalari bu 
valyuta bitimlaridan kelib chiquvchi, valyuta qimmatliklariga nisbatan 
huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishiga olib 
keluvchi harakatlar yig‘indisi hisoblanadi.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra “chet el valyutasi, chet el 
valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va 
sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi. 
Chet el valyutasi muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy 
to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar 
ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki 
chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga 
almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, shuningdek, 
hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul 
birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi 
mablag‘lardir. Valyuta bozori deganda chet el valyutasi va chet el 
valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq oldi-sotdi, almashtirish 
operatsiyalar hamda valyuta kapitalini investitsiya qilish operatsiyalari 
bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar doirasi tushuniladi. Valyuta bozori 
tashqi va ichki valyuta bozoriga bo‘linadi. Tashqi valyuta bozori, ya’ni 
jahon valyuta bozori dunyoning turli mamlakatlari banklarining 
korrespondentlik aloqalari orqali ba’zi moliyaviy muassalar orqali amalga 
oshiriladi. Ichki, ya’ni milliy valyuta bozori mamlakat doirasida 
tashkillashtiriladi va uning faoliyati mamlakat ichida valyuta boyliklari 
harakatini tartibga solish bilan bog‘liq. Ichki valyuta bozorida milliy 
valyuta bilan bog‘liq operatsiyalar valyutalarni almashtirish va chet el 
valyutasini milliy valyutaga nisbatan o‘rnatilgan kotirovkasi asosida 
amalga oshiriladi. 


203 
Valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi: 
valyuta boyliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning 
o‘zga shaxsga o‘tishi hamda valyuta boyliklarini to‘lov vositasi sifatida 
ishlatish bilan bog‘liq operatsiyalar; 
valyuta boyliklarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va 
jo‘natish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va 
jo‘natish; 
xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish; 
rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida milliy valyutadagi operatsiyalar. 
Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga hamda kapital 
harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi. 
Tadbirkorlik subyektlari tashqi bozorga chiqishi uchun tashqi savdo 
operatsiyalarini amalga oshirishi, chet eldan uskuna va mamlakatda 
mavjud bo‘lmagan xomashyoni olib kirishi yoki chet el kompaniyalariga 
turli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun amaladagi valyuta 
qonunchiligida tadbirkorlik subyektlariga mulkida chet el valyutasiga 
egalik qilish huquqi, mamlakat ichida va chet elda chet el valyutasida bank 
hisobvaraqlari ochish hamda amalda belgilangan qoidalar asosida ichki 
valyuta bozorida chet el valyutasi sotib olish huquqi mustahkamlangan. 
Valyuta bozori professional qatnashchilari tijorat banklari hamda 
valyuta birjasi hisoblanadi. Valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat 
qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-
sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja 
savdolarini, shuningdek, banklararo pul bozorini hamda Markaziy 
bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit 
auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. 
Valyuta huquqiy munosabatlaridagi subyektlar turli valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarining xususiyati va 
hajmiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: rezidentlar va norezidentlar. 
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari quyidagilardir: 
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari; 
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lgan chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; 
Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatdan o‘tgan yuridik 
shaxslar; 


204 
Oʻzbekiston Respublikasining immunitet va diplomatik imtiyozlardan 
foydalanadigan xorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari, 
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, 
xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan 
vakolatxonalari. Yuqoridagi manbaga kirmaydigan shaxslar norezidentlar 
deb hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi 
“Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–5117-son farmoni valyutani tartibga 
solishda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Ushbu hujjat bilan yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish 
va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat 
safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan 
o‘tkazmalar) boʻyicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida 
chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari, Oʻzbekiston Respublikasining 
rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklarining 
valyuta ayirboshlash shoxobchalariga erkin sotishi va konversion 
bo‘limlarida sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish 
boʻyicha amaldagi tartibga asosan sotib olishi va chet elda hech qanday 
cheklovlarsiz ishlatishi mumkin bo‘ldi hamda isteʼmol tovarlari importi 
bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi 
yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun 
o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat 
berildi. Shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha eksportchi 
korxonalarning chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish boʻyicha 
talab bekor qilindi, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs 
tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi chet el 
valyutasini naqd ko‘rinishida olishi mumkin bo‘ldi, tijorat banklariga 
xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish 
amaliyoti bekor qilindi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish