171
Xorijiy davlatlarda raqobatga qarshi harakatlar 3 ta yirik kategoriyaga
bo‘linadi: (1) xususiy monopoliya (
private monopolization
), (2) savdoni
asossiz cheklash (
unreasonable restraint of trade
), (3) insofsiz savdo
amaliyoti (
unfair trade practices
).
Joriy qonunchiligimizga esa “Raqobatga qarshi harakatlar” sifatida (1)
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, (2) raqobatni cheklaydigan kelishib
olingan
harakatlar va bitimlar, (3) insofsiz raqobat kabi kategoriyalar
koʻrsatilgan. Shuningdek, qonunchiligimiz
savdolarni va iqtisodiy
konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solishni ham alohida
belgilab bergan.
7.2. Ustun mavqe va uni suiisteʼmol qilish
Ustun mavqe
Ustun mavqe deganda tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi
subyektning raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq
boʻlmagan holda unga oʻz faoliyatini amalga oshirish va raqobatning
holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik
yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy
faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan
holat tushuniladi.
Tovar va moliya bozorida xo‘jalik
yurituvchi subyektning yoki
shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash quyidagi
izchillikda amalga oshiriladi:
birinchi, tovarlar va moliyaviy xizmatlarning bir-birining o‘rnini
bosishini hisobga olgan holda tovar yoki moliya bozori chegaralarini
aniqlash;
ikkinchi, xo‘jalik yurituvchi subyektning va (yoki)
shaxslar
guruhining bozor ulushini aniqlash;
uchinchi, tovar va moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish.
Tovar yoki moliya bozori – Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar yoki
moliyaviy xizmatlarning yoxud Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-
hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin boʻlgan muomaladagi hamda
ularni sotib olish va xizmat koʻrsatish imkoni mavjud boʻlgan
chegaralardagi
qismining muomala doirasi.
172
Tovar bozorining chegaralari isteʼmolchilar tomonidan tovarni erkin
sotib olish tamoyili bo‘yicha, moliya bozori chegaralari uchun esa
moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari erkin (olish)
imkoniyati tamoyili
bo‘yicha aniqlanadi.
Bozor ulushi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining
aniq tovar bozoridagi savdo-sotiqlar hajmining umumiy hajmidagi
ishtirokini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subyektni ustun mavqe deb eʼtirof
etish mazkur subyekt tovarining bozordagi ulushiga qarab belgilanadi.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki shaxslar guruhi
Do'stlaringiz bilan baham: