169
7.1. Raqobat tushunchasi, huquqiy asoslari va tasnifi
Raqobat tushunchasi
“Raqobat” arabcha soʻz boʻlib,
nazorat, kuzatish
ma’nolarini
anglatadi
1
. Iqtisodiy ma’noda raqobat bu mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi
(korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi
foyda keltiradigan narxda sotish, umuman, iqtisodiyotda oʻz mavqeyini
mustahkamlash uchun kurash demakdir
2
.
Raqobat atamasi rus tilida “
конкуренция
”, ingliz tilida “
competition
”
shaklida uchraydi. Bu atamalarning barchasi lotin tilidagi “
concurrentia
” –
“
toʻqnashuv
” soʻzidan kelib chiqqan. Umumiy ma’noda raqobat muayyan
bir
muhitda shaxslar, guruhlar, tashkilotlarning nisbatan yaxshiroq
natijalarga erishish uchun oʻzaro musobaqalashuvini anglatadi
3
.
Raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmi boʻlib, u
kompaniyalarning oʻz tovarlari va xizmatlarini isteʼmolchilarga eng qulay
narxlarda taklif qilishlarini ragʻbatlantiradi
4
.
Raqobat narxlarning
pasayishini ta’minlaydi, isteʼmolchilar uchun tanlov doirasini kengaytiradi,
shuningdek, samaralilik va yangilikka intiluvchanlikni ragʻbatlantiradi
5
.
Mamlakatimizda raqobat tushunchasiga huquqiy jihatdan Oʻzbekiston
Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunida ta’rif berilgan. Unga koʻra,
raqobat – xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar)ning musobaqalashuvi boʻlib,
bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi
tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda taʼsir
koʻrsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
Raqobat tushunchasining aksi sifatida “
monopoliya
” tushunchasini
kuzatishimiz mumkin. Mazkur termin yunon tilidan olingan boʻlib,
“mono” – tanho, “poleo” – sotaman degan ma’nolarni anglatadi.
Monopolistik faoliyat xoʻjalik yurituvchi subyektlarning,
davlat
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobat
faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga xilof boʻlgan, halol
raqobatga yoʻl qoʻymaslikka, raqobatni cheklash
yoki bartaraf etishga
qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligidir.
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. А.Мадвалиев таҳрири остида. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси” Давлат миллий нашриёти, 2006. – Б.360.
2
Oʻsha manba.
3
Иллюстрированный энциклопедический словарь (электронное издание, воспроизведенное по
изданию 1995 года). – М., 1997.; Xuddi shu mazmundagi izoh ingliz lug‘atlarida ham keltiriladi: Longman
dictionary of contemporary English. – Edinburgh, 2001. – P. 270.
4
DG COMP website at http://ec.europa.eu/competition/antitrust/overview_en.html.
5
Moritz Lorenz. An introduction to EU competition law.
–
Cambridge University Press, 2013.
–
P 1.
170
Joriy qonunchiligimizga binoan monopolistik
faoliyat tushunchasiga
huquqiy ta’rif mavjud emas, biroq mazkur tushuncha “raqobatga qarshi
harakatlar” sifatida tavsiflangan
.
Do'stlaringiz bilan baham: