Yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish prinsipiga
ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan
huquqlarining hammasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Yerga
bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish prinsipi yer
uchastkalaridan foydalanishning yagona hisob-kitob tizimini yaratadi,
yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan samarali davlat nazorati
olib borilishini ta’minlaydi, yerga bo‘lgan huquqni begonalashtirish
maqsadlarida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini oladi, yer
uchastkasi va unga nisbatan huquq subektlari to‘g‘risida to‘liq
ma’lumotlarni tegishli davlat organlarida to‘planishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |