Haq to‘lash asosida yerdan foydalanish prinsipi
shuni
anglatadiki, barcha yerdan foydalanuvchilar, egalik qiluvchilar,
ijarachilar va mulkdorlar o‘zlariga qarashli bo‘lgan yer uchastkalaridan
foydalanganliklari uchun u yoki bu ko‘rinishda haq to‘laydilar. Demak,
yerga nisbatan biror bir huquqqa ega bo‘lish va uni amalda realizatsiya
qilish uchun yer huquqi ishtirokchisi haq to‘lashga majbur. Yerdan
foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq har xil bo‘lishi mumkin: yer
solig‘i, ijara haqi, topshirilgan mahsulot uchun haq (pudrat
shartnomasida), o‘rmon to‘lovi va hokazo. Nima uchun yerdan
foydalanganlik uchun haq to‘lanadi va bu haq qayoqqa (kimga) ketadi,
degan savollarga javobni ushbu darslikning tegishli bobidan olish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |