Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Esda tuting! 
 
Yer  huquqi  yuqorida  tilga  olingan  huquq  tarmoqlarining  ichida 
yetakchi  o‘rinni  egallaydi.  Buning  sababi  shundaki,  yer  huquqi 
normalari  boshqa  qondosh  huquq  tarmoqlari  rivojlanishi  uchun  asos 
bo‘ladi. Masalan, tog‘ huquqiy munosabatlarining vujudga kelishi uchun 
YKning  yer  uchastkalaridan  qidiruv  ishlari  uchun  foydalanish  tartibini 
belgilangan 25-moddasi katta ahamiyat kasb etadi.  
Yer  huquqi  tabiat  obektlari  bo‘yicha  huquqiy  munosabatlarni 
tartibga  soladigan  huquq  tarmoqlari  oilasining  mustaqil  a’zosi  sifatida 
ular  bilan  chambarchas  bo  g‘liq  bo‘lishi  bilan  birga  boshqa  huquq 
tarmoqlari bilan ham yaqin aloqada bo‘ladi.  
O‘zbekistonda 
yerga 
nisbatan 
davlat 
mulk 
huquqining 
monopoliyasiga barham berilishi, yerga bo‘lgan huquqlarning bir necha 
xil  shakllarining  vujudga  kelishi  va  buning  oqibatidan  yerning  bozor 
munosabatlari  tizimiga  tortilishi  nafaqat  yer  munosabatlarini  tartibga 
solish  metodlari  nisbatida,  balki  yer  huquqining  boshqa  huquq 
tarmoqlari bilan nisbatini ham o‘zgartirib yubordi.  
Yer  huquqi  boshqa  huquq  tarmoqlarining  ichida  konstitutsiyaviy 
huquq  bilan  eng  yaqin  va  uzviy  bog‘liqdir.  Zotan,  konstitutsiyaviy 
huquq  normalari  yer  huquqi  prinsiplarining  asosi  hisoblanadi. 
Konstitutsiyada  yer  va  boshqa  tabiat  boyliklari  umummilliy  boylik 
ekanligi,  u  samarali  foydalanilishi  kerakligi  va  davlat  tomonidan 
muhofaza  etilishi  belgilangan  (55-modda).  Konstitutsiyaning  boshqa 
normalarini  talqin  etib  aytish  mumkinki,  har  bir  fuqaro  milliy  boylik 
bo‘lgan  yer  to‘g‘risida  har  qanday  axborotni  surishtirishi,  olishi  va 
tarqatishi  mumkin  (29-modda),  yerdan  foydalanish  va  muhofaza  qilish 
muammolarini  hal  etish  bo‘yicha  jamoat  tashkilotlariga  birlashishi, 


25 
 
ommaviy  harakatlarda  ishtirok  etishi  mumkin  (34-modda),  yer  huquqiy 
munosabatlar  doirasida  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  buzilgan 
taqdirda sud himoyasidan foydalanishi mumkin (43-modda), atrof tabiiy 
muhit 
obekti 
bo‘lgan  yer  boyliklariga  nisbatan  fuqarolarga 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish majburiyati yuklatilgan (50-modda), 
yer uchastkasidan ishlab chiqarish vositasi sifatida tadbirkorlik faoliyati 
bilan  shug‘ullanayotgan  har  bir  fuqaroning  iqtisodiy  faoliyati  erkinligi 
davlat tomonidan kafolatlanadi (53-modda) va hokazo. 
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish