Imtiyozlar. Soliq kodeksiga asosan QQS bo’yicha to’rt turdagi
imtyozlar mavjud. Ular:
1) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish oboroti;
2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar;
3) soliqdan ozod etiladigan sug’urta xizmatlari;
4) soliqdan ozod etiladigan import.
Jumladan, Qo’shilgan qiymat solig’idan, quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda davlat organlari, fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlari hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan, davlat boji, patent
boji, yig’im yoki boshqa to’lovlar undiriladigan xizmatlar; maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar; bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish,
diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o’tkazishga doir xizmatlari;
protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni
ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek
nogironlarga ko’rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va
nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar
bo’yicha xizmatlar va boshqalar.
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga quyidagilar
kiradi: kreditlar, zayomlar bo’yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar
berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish; depozitlar qabul qilish, yuridik
va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini
ochish va yuritish;to’lovlar, o’tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to’lov vositalari bilan
bog’liq operatsiyalar, inkasso bo’yicha operatsiyalar va boshqalar.
Sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish xizmatlari bo’yicha
sug’urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta qilish
bo’yicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida: sug’urta bozorining professional ishtirokchisi
quyidagilarni olsa, qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi: sug’urta qilish, birgalikda sug’urta
qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari va boshqalar.
Quyidagi tovarlarni import qilish qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi: jismoniy
shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida
tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar; chet el diplomatik vakolatxonalari va
ularga
tenglashtirilgan
vakolatxonalar
rasmiy
foydalanishi
uchun,
shuningdek
ushbu
vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o’zlari bilan
birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo’ljallangan tovarlar; O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida
olib kirilayotgan tovarlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |