Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   256
Soliq  solish  stavkasi.  QQS  stavkasi  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  qarori  bilan  belgilanadi.  Har  yili  belgilangan  stavkalar 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan qaytadan ko’rib chiqilishi 
mumkin. Jumladan, 2015 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining 
Prezidentining 
O’zbekiston 
Respublikasining 
2015 
yilgi 
asosiy 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  prognozi  va  Davlat  budjet  parametrlari 
to’g’risidagi  PQ  -  2455  –  sonli  qaroriga  asosan  2016  yil  uchun  QQS 
stavkasi 20 foiz qilib belgilangan.  
2000 yildan hozirgi kungacha Soliq kodeksiga ko’ra respublikamizda 
20 foizli va “0” foizli stavka qo’llanilib kelinmoqda. Umuman olganda “0” 
stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (bajarilgan ish, 
xizmatlarning)  qiymatiga  qo’shilgan  qiymat  solig’i  qo’llanilmaydi,  ya’ni 
“nol” ga teng degani.  
 
Jumladan,  “0”  darajali  stavka  bo’yicha  soliq  solinadi:  Tovarlarni  chet  el  valyutasida 
eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka 
bo’yicha  qo’shilgan  qiymat  solig’i  solinadi.  Tovarlarni  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona 
hududidan bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir. Chet 
el tarafi o’zarolik prinsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga 
tenglashtirilgan  vakolatxonalarning  rasmiy  foydalanishi  uchun,  shuningdek  bu  vakolatxonalar 
diplomatik  va  ma’muriy-texnik  xodimlarining,  shu  jumladan  ular  bilan  birga  yashayotgan  oila 
a’zolarining,  agar  ular  O’zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo’lmasalar  hamda  O’zbekiston 
Respublikasida  doimiy  yashayotgan  bo’lmasalar,  shaxsiy  foydalanishi  uchun  realizatsiya 
qilinayotgan  tovarlarga  (ishlarga,  xizmatlarga)  nol  darajali  stavka  bo’yicha  qo’shilgan  qiymat 
solig’i  solinadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  Diplomatik  servis  xizmati 
tomonidan  keyinchalik  chet  el  diplomatik  vakolatxonalari  va  ularga  tenglashtirilgan 
vakolatxonalarga  realizatsiya  qilish  uchun  olinayotgan  tovarlarga  (ishlarga,  xizmatlarga)  nol 
darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi.  
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda nol darajali stavka qo’llanilishi tatbiq 
etiladigan 
O’zbekiston 
Respublikasida 
akkreditatsiya 
qilingan 
chet 
el 
diplomatik 


122 
 
vakolatxonalarining  va  diplomatik  vakolatxonalariga  tenglashtirilgan  xalqaro  tashkilotlarning 
ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.  
Bojxona  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  “bojxona  hududida  qayta  ishlash” 
bojxona  rejimiga  joylashtirilgan  tovarlarni  qayta  ishlash  bo’yicha  bajarilgan  ishlarga  (ko’rsatilgan 
xizmatlarga),  agar  qayta  ishlash  mahsulotlari  O’zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududidan 
tashqariga olib chiqiladigan bo’lsa, nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi. 
Xalqaro  yo’nalishda  tashishlar  bo’yicha  ko’rsatiladigan  quyidagi  xizmatlarni  realizatsiya  qilish 
oborotiga  nol  darajali  stavka  bo’yicha  qo’shilgan  qiymat  solig’i  solinadi:tranzit  yuklarni 
O’zbekiston  Respublikasi  hududi  bo’ylab  tashish.  Tranzit  yuklarni  tashish  jumlasiga  yukning 
tranzitini  amalga  oshirish  uchun  chet  ellik  shaxslar  bilan  to’g’ridan-to’g’ri  tuzilgan  shartnomalar 
yoki  xalqaro  (idoralararo)  transport  bitimlari  hamda  bojxona  organlarining  mazkur  tranzit  yuklar 
haqiqatda  olib  kirilganligi  va  olib  chiqilganligi  to’g’risida  belgilari  mavjud  bo’lgan  taqdirda, 
O’zbekiston  Respublikasi  hududi  orqali  chet  el  tranzit  yuklarini  tashish  va  ularga  xizmat 
ko’rsatishga  doir  xizmatlar  kiradi.  Suv  ta’minoti,  kanalizatsiya,  sanitariya  tozalash,  issiqlik 
ta’minoti  bo’yicha  aholiga  ko’rsatiladigan  xizmatlarga,  shu  jumladan  xususiy  uy-joy  mulkdorlari 
shirkatlari  aholi  nomidan  oladigan  shuningdek  idoraviy  uy-joy  fondi  uylarida  yashayotgan  aholi 
uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligining  bo’linmalari  tomonidan  olinadigan  ana 
shunday xizmatlarga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi.  
Ayrim  MDH  davlatlarida  bu  tartib  boshqacha.  Masalan:  Armanistonda  Tojikistonda, 
Turkmanistonda  MDH  davlatlaridan  tashqariga  eksport  soliqqa  tortilmaydi,  “0”  stavka  ham 
qo’llanilmaydi. Qozog’istonda esa MDHdan tashqariga eksport “0” stavkada soliqqa tortiladi.  
 
Eksport  qilingan  tovarlarni  qo’shilgan  qiymat  solig’i  bo’yicha 
soliqqa  tortish  masalasida  O’zbekiston  bilan  boshqa  davlatlar  o’rtasida 
davlatlararo bilvosita soliqlarni undirish prinsiplari bo’yicha shartnomalar 
tuzilgan bo’lib, ammo ratifikatsiya qilinmagan (tasdiqlanmagan) holatlarda 
imtiyozni  qo’llashning  iloji  bo’lmaydi,  ya’ni  imtiyoz  qo’llash  uchun 
qonuniy asos bo’lmaydi.  
Hozirgi  vaqtda  Qirg’iziston,  Ozarbayjon,  Moldova,  Rossiya,  Qozog’iston  bilan  ham 
bilvosita  soliqlarni  undirish  prinsiplari  bo’yicha  shartnomalar  tuzilgan.  Shartnomada  kelishilgan 
davlatlar  bojxona  hududlarida  tovarlar  (ish  va  xizmatlar)  eksport  qilinganda  “0”  stavkadagi 
qo’shilgan qiymat solig’ini qo’llash ko’zda tutilgan.  
Buyuk  Britaniyada  qo’shilgan  qiymat  solig’ining  uchta  stavkasi  amal  qiladi:  0,  8,0  va  20 
foiz. Nol darajasidagi soliq stavkasi tovarlarning 17 ta guruhiga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, 
suv ta’minoti va kanalizatsiya, ko’zi ojizlar uchun mo’ljallangan kitoblar va qo’llanmalar,  yoqilg’i 
va  isitish,  transport  vositalari,  xalqaro  xizmatlar,  kiyim-kechak  va  poyafzal,  xayr-ehsonlarga 
nisbatan qo’llaniladi. 8 foizli stavka ta’minotning kommunal turlari borasidagi xizmatlarga nisbatan 
qo’llaniladi.  20  foizli  stavka  tovarlar  (ish  va  xizmatlar)  ning  barcha  boshqa  turlariga  nisbatan 
qo’llaniladi.  
Ispaniya  Qirolligi  mamlakatida  qo’shilgan  qiymat  solig’ining  standart  stavkasi  21  foizni 
tashkil etadi. Pasaytirilgan stavkalar, ya’ni 0 foizli stavka – eksport bilan bog’liq tovar va xizmatlar 
uchun; 4 foizli stavka – birinchi navbatdagi zarur tovarlar uchun (non, g’alla, sut, tuxum, mevalar, 
sabzavotlar, kitoblar, gazetalar,  dori-darmonlar,  munitsipial uylar, nogironlar uchun mashinalar va 
h.k.); 7  foizli stavka –  oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy qurilishi, transport,  turizm uchun, 28  foizli 
stavka esa zeb-ziynat buyumlari va avtomobillar bo’yicha belgilangan.  
Rossiya  Federatsiyasida  qo’shilgan  qiymat  solig’i  18  foiz,  10  foiz  va  0  foizli  qilib 
belgilangan. 0 foizli stavka tovarlar (ish va xizmatlarning) ayrim turlariga, 10 foizli stavka – oziq–


123 
 
ovqat  va  bolalar  tovarlariga,  18  foizli  stavka  esa  tovarlar  (ish  va  xizmatlar)ning  boshqa  turlariga 
nisbatan qo’llaniladi.
31
  
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish