Soliq solish obyekti – soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan
importdir.
Soliq to’lovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni realizatsiya qilish oboroti:
30
Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik / Hammual.: A.Vahobov, A.Jo'raev. – T.: “Sharq” nashriyoti – 2009. –
400 bet.
120
1) mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini o’tkazish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsatish, shu jumladan:tovarni va boshqa mol-mulkni jo’natish
(sotish); ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shilgan hissa; mol-mulkni
bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul ko’rsatish), shu
jumladan yuridik shaxs xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi
faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun mol-mulkni
bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul ko’rsatish); qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga,
xizmatlarga) almashtirish uchun mol-mulkni berish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsatish); qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimga
ish haqi hisobiga yoki muassisga (ishtirokchiga) dividendlar to’lash
hisobiga mol-mulk berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish); garov
bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, garovga
qo’yuvchi tomonidan garov narsasini berish; zayom shartnomalari asosida
tovar-moddiy zaxiralarni berish;
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo’linmasi tomonidan boshqa
tarkibiy bo’linmasiga, agar tarkibiy bo’linmalar Soliq kodeksiga muvofiq
mustaqil soliq to’lovchilar bo’lsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish,
xizmatlar ko’rsatish;
3) mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish;
4) to’lovni bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan tovarni jo’natish;
5) mol-mulkni operativ ijaraga berish;
6) intellektual mulk obyektlariga bo’lgan huquqni o’tkazish yoki
ulardan foydalanish huquqini berish;
7) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblab
chiqarishda Soliq kodeksining 147-moddasiga muvofiq harajatlari
chegirilmaydigan
(
masalan,
moddiy
qiymatliklarning
tabiiy
kamayishi
normalaridan ortiqcha yo’qotishlar va buzilishlar; nodavlat pensiya jamg’armasiga
ajratmalar
va boshqalar
) soliq to’lovchining o’z ehtiyojlari uchun o’zi ishlab
chiqargan tovarlarni berish, o’z kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar
ko’rsatish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan
tovarlar – soliq solinadigan importdir.
Soliq solinadigan baza, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa, realizatsiya qilinayotgan tovarlarning
(ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qo’shilgan qiymat
solig’ini kiritmagan holda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan
tovarlar soliq solinadigan importdir.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |