Soliq to’lash tartibi. Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash
quyidagicha amalga oshiriladi:
- qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lgan mikrofirmalar va
kichik korxonalar qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobini taqdim etish
uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
- mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to’lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini
to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda
amalga oshiriladi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |