Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

kafolatlovchi 
normativlari va standartlari 
bilan cheklab qo‘yiladi. Hududiy-ishlab 
chiqarish majmualarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta 
qurish va ta’mirlashda 
atrof tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’sirning yo‘l 
qo

yish
mumkin bo‘lgan me’yorlari belgilanadi. Korxonalar, tashkilotlar 
va muassasalar atrof-muhitga ta’sirning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yo‘sindagi 
mezonlarni ishlab chiqishlari shart.
Ekologik normativlarni
o‘zlariga berilgan vakolatlarga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 


83 
davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini 
geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda 
ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
tasdiqlaydi. 
Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l 
qo’yiladigan darajada to‘planishi; atmosfera havosida ifloslantiruvchi 
moddalar va biologik organizmlarning yo‘l qo‘yiladigan darajada 
to‘planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, 
ionlashtiruvchi va boshqa zararli ta’sir ko‘rsatishning yo‘l qo’yiladigan 
darajalari kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi
14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab 
chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bu boradagi 
munosabatlarni tartibga solishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi.
Ekologik 
standartlash 
orqali 
asosan 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarning ekologik talablarga javob berishi belgilanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining “Standartlash to‘g‘risida”gi Qonunining (1993-yil
28-dekabr, 1002–XII son)
2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z 
vakolatlari doirasida “tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish 
hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan 
muhofaza qilish sohasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr 
etadi. 
Tabiiy obyektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish maqsadida davlat 
organlari ularning davlat hisobi (davlat kadastri) ni yuritadi. Ushbu vakolat 
orqali tabiiy obyektlarning son va sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning 
miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflari aniqlanadi. 
Tabiiy obyektlarni davlat hisobi tabiiy obyektlarning monitoringi (ularni 
kuzatish), inventarizatsiya yoki foydalanishni ro‘yxatga olish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad 
tabiiy obyektlar haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar olish, ularning 
holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy obyektlarning miqdori va sifati, 
ularning huquqiy, tabiiy, xo‘jalik holati, foydalanish darajasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar tizimi tabiiy obyektlar kadastrlari deb nomlanadi. Tabiiy 
obyektlar kadastrlari har bir tabiiy obyekt yuzasidan alohida yuritiladi va 
ularni yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Tabiiy obyektning 
kadastri shu tabiiy resursni idora etuvchi maxsus davlat organlari 
tomonidan yuritiladi va davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish