Тошкент давлат юридик университети


Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishning



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishning 
davlat boshqaruvi tarmog‘ida vakolatli boshqa organlari 
ham mavjud 
bo‘lib, ular maxsus ekologik faoliyat olib bormasa-da, bu sohadagi 


84 
boshqaruvda ishtiroki kuzatiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan 
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq suvdan 
foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiradi. “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda esa 
inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar 
(sanitariya normalari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan tasdiqlanishi ko‘rsatilgan hamda atmosfera havosini muhofaza 
qilish ustidan nazoratni olib boruvchi maxsus vakolat berilgan davlat 
organi sifatida belgilangan. Shuningdek, ushbu Qonunga asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini 
muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan 
davlat organi hisoblanadi. Ya’ni Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi Davlat 
avtomobil nazorati avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining 
ifloslanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Gidrometeorologiya xizmati markazi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
14-aprelda 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq davlat 
suv hisobini va davlat suv kadastrini yuritishda ishtirok etadi, suv va 
atmosfera monitoringini (kuzatuvini) amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Davlat 
bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 1997-yil 29-avgust 472–I son Qonunining 
6-moddasida Davlat bojxona qo‘mitasining “atrof-muhitni muhofaza qilish 
chora-tadbirlari 
amalga 
oshirilishiga 
ko‘maklashish” majburiyati 
o‘rnatilgan. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 
to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandida qo‘mitaning “ hayvonlar va 
o‘simliklarning muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha 
chora-tadbirlar amalga oshirilishiga” ko‘maklashish vazifasi ko‘rsatilgan. 
 
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
to‘g‘risida”gi Nizom asosida faoliyat yurituvchi Favqulodda vaziyatlar 
vazirligi fuqaro muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli 
vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning 
oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni 
muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi markaziy davlat 
boshqaruvi organi hisoblanadi. 
Ushbu davlat boshqaruv organlari vakolatlari doirasida ekologik 
vazifalarni bajarishga qaratilgan funksiyani amalga oshirishlari va uning 
huquqiy asoslari mavjudligi, ushbu davlat organlarini atrof-muhitni 


85 
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni davlat boshqaruvi tarmog‘idagi 
vakolatli boshqa organlari

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish