Тошкент давлат юридик университети


B) tabiat bog‘lari va ularning huquqiy tartibi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet222/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

B) tabiat bog‘lari va ularning huquqiy tartibi 
 
Ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan alohida tabiiy 
obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, 
rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan 
foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
tabiat bog‘lari hisoblanadi.
Tabiat bog‘lari maxsus vakolatli davlat organining 
taqdimnomasiga binoan tegishincha O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati 
organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi 
shaklida tashkil etiladigan 
milliy tabiat bog‘lari
va 
mahalliy 
ahamiyatga molik tabiat bog‘lariga
bo‘linadi.
Yodda tuting! 
Tabiat bog‘lari bunday bog‘lar to‘g‘risidagi, ular qaysi davlat 
organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlari tomonidan 
tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Tabiat bog‘larining hududi tabiat bog‘lariga foydalanishga berib 
qo’yiladigan yer uchastkalarida, Shuningdek boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarning tabiat bog‘lari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida 
joylashadi.
Tabiat bog‘lari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga 
bo‘linadi.


263 
Tabiat bog‘larining hududida qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar, 
rekreatsiya, xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari 
ajratib qo‘yiladi.
Aholini sog‘lomlashtirish uchun sharoit bo‘lgan taqdirda tabiat 
bog‘larida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort 
zonalar ajratib qo‘yiladi.
Tabiat bog‘lari zonalarining o‘lchamlari va chegaralarini o‘zgartirish, 
ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu organlar tomonidan, 
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini inobatga olgan holda amalga 
oshiriladi.
Tabiat bog‘lari hududida zonalarga bo‘linishiga muvofiq 
tabaqalashtirilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat 
qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va 
majmualarning holatiga qarab turli rejimli uchastkalarga bo‘linishi 
mumkin.
Tabiat bog‘larining xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish 
zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning 
tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo‘l 
qo‘yiladi.
Har bir zonaning rejimi tabiat bog‘lari to‘g‘risidagi nizomlarda 
belgilanadi.
Tabiat 
bog‘larining 
hududida quyidagilar 
taqiqlanadi: 
– Daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya 
maqsadidagi kesish bundan mustasno); 
gidrologik va gidrogeologik rejimni o‘zgartiradigan harakatlar; 
– tuproq erroziyasini, o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini 
keltirib chiqaruvchi harakatlar; 
– tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va 
muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish;
– chiqindilarni saqlash va ko‘mish, oqova suvlarni oqizish; 
– tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish 
maqsadida joylashtirish.
Tabiat bog‘larida tabiiy obyektlar va majmualarga zarar 
yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi 
yoki taqiqlanishi mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish