Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet219/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

soliq 
solinmaydi.
Muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlarda xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan bo‘lsa, yer 
solig‘i 
undiriladi.
Ahamiyat bering! 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini davlat va 
jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yishga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma 
qo‘riqxonalarini, tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish bo‘yicha 
zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlamagan 
taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib quyilishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda 
akvatoriya uchastkalarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni 
olib qo‘yish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirishning bosh kesmasini yoki 
davlat hokimiyati mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilishning idoralari 
tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmuyi kesmasini tasdiqlashi bilan 
ayni bir vaqtda muhofaza etishga tavsiya etilayotgan yer maydonini 
zaxiralash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Muhofaza etiladigan tabiiy 
hudud tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar mazkur 
hududda yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyati 
cheklanadi yoki to‘xtatiladi. Bunday hollarda yer egalari va yerdan 
foydalanuvchilar xo‘jalik faoliyatining cheklanishi yoki to‘xtatilishi tufayli 
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida ko‘rilgan 
yo‘qotish va talafotlar uchun tovon olish huquqiga egadirlar hamda yer 
solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanadilar.
Ta’kidlash joizki, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat 
kadastri ham katta ahamiyatga ega. Ushbu masala mazkur Qonunda 
yetarlicha o‘z aksini topgan.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri bu 
hududlarning huquqiy maqomi, ularning jug‘rofiy mavqeyi, miqdor va 
sifat ko‘rsatkichlari, ekologik, ilmiy, ma’rifiy va boshqa xil ahamiyatini 
qamrab oladi.


257 
“Muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlarning 
huquqiy 
holatini” 
quyidagi xususiyatlari mavjud:
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatini o‘rganish 
va u to‘g‘risidagi qonun davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) 
buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, 
ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror 
ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza 
etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun 
mo‘ljallangan hududlar va boshqa masalalarni hamda u bilan bog‘liq 
barcha munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishi bilan;
Uning 
yangi 
ijtimoiy 
tuzum, 
bozor 
munosabatlarini 
mustahkamlash va ekologik siyosatni barqarorlashtirish uchun 
yangi huquqiy ekologik zamin bo‘lib, muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarni muhofaza qilish va ularni huquqiy tartibga solishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo’yishi bilan; 
O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari 
davlat kadastri mazkur hududlar tarmog‘ini rejalashtirish, ularni muhofaza 
etishni ta’minlash va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tegishli qoidaga rioya 
etilishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish, shuningdek ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirish chog‘ida 
bu hududlar o‘rni va ahamiyatini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri Respublika 
byudjeti hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tasdiqlagan yagona tizim asosida yuritiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarning davlat kadastrini yuritishni O‘zbekiston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining idoralari 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda amalga 
oshiradi.


258 
U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo‘ygan 
talabiga mosligi, konstitutsiyaviy ustivorlikka ega ekanligi hamda 
davlat tomonidan muhofaza etilishi; 
Ushbu soha fuqarolarimizdan shu kungi hayot talabi asosida 
ekologik huquqiy ma’naviyat va madaniyatli bo‘lishni, hamda 
ushbu yo‘nalishda doim yuksalish bo‘lishini taqozo qilishi va 
boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Mazkur sohani huquqiy tartibga solish, bozor iqtisodiyotida qabul 
qilingan ekologik qonunlarni qo‘llash va ular bilan birgalikda 
ekologik muhitni yaxshilashga, tabiat obyektlaridan oqilona 
foydalanish va ularni muhofaza qilishga, ayniqsa, alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga;

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish