Тошкент давлат юридик университети


davlatlararo muhofaza etiladigan



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet230/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

davlatlararo muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlar
 
hisoblanadi.


274 
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin. 
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimi O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq 
belgilanadi.
Davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat 
yodgorliklari 
bilan 
chegaradosh 
hududlar 
qo‘riqlanma zonalar
hisoblanadi. Qo‘riqlanma zonalarda ana shu muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish uchun xo‘jalik maqsadidagi va 
boshqa tarzdagi faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Qo‘riqlanma zonalarning o‘lchamlari va rejimi, shuningdek yer 
uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni 
tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlanma zonasining bir qismi ekologik 
turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo‘lgan noyob hamda 
yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarning turlarini 
ko‘paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda 
qo‘riqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qo‘riqxonaning o‘ziga 
topshirilishi mumkin.
Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega 
bo‘lgan, o‘simliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali 
turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tabiatni muhofaza qilish, 
rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga 
mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bog‘lardir. 
Milliy bog‘lar yer uchastkalarida o‘simlik dunyosini qayta tiklash va 
takror ko‘paytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar o‘tkazish 
yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Milliy bog‘ hududida yashaydigan hayvonot 
dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir. 
Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori bilan tashkil etiladi. 
Milliy bog‘ni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Milliy 
bog‘lar bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar 
asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda barcha 
tabiiy resurslari bilan birga xo‘jalik foydalanuvidan olib qo‘yiladi va 
milliy bog‘larga doimiy foydalanish uchun beriladi. 


275 
Milliy bog‘ning o‘simlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini 
ta’minlash uchun unga tutash hududlarda milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga 
muvofiq qo‘riqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin. 
Milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq milliy bog‘ hududida 
undan maqsadli foydalanishga zid bo‘ladigan va o‘simlik obyektlarining 
saqlanishi, ko‘paytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday 
faoliyat taqiqlanadi. 
Milliy bog‘lar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish