15-BOB. HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA
ULARDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning
huquqiy holati tushunchasi va xususiyatlari. Hayvonot dunyosidan
foydalanish huquqi va turlari hamda foydalanish huquqining paydo bo‘lish
asoslari. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish. Hayvonot
dunyosidan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning
huquqiy holati tushunchasi va xususiyatlari
Hayvonot dunyosi tabiat boyliklarining bir qismi bo‘lib, jamiyatda,
inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega.
Hayvonot dunyosi – faunada mavjud bo‘lib tabiiy erkinsharoitda
yashayotgan hayvon galalarini, shuningdek suv va cho‘lda yashovchi
barcha yovvoyi hayvonlarning majmuasini tushunamiz.
Hayvonot dunyosi iqtisodiy ahamiyati nuqtayi nazaridan muhim
tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor
xom ashyo va boshqa moddiy boyliklar olish manbayi ekanligi ma’lum.
Shunday ekan, uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarur. Bu ishda
mamlakatimiz qonunlari O‘zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga
insoniy munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni
muhofaza qilish hamda undan samarali va oqilona foydalanishga
qaratilishi lozim. Chunki hayvonlarning O‘zbekiston faunasiga xos
bo‘lgan talaygina turlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon,
turon yo‘lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo‘qolib ketdi.
Shu boisdan ham noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy
ekologik asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini,
suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida
yashovchi hayvonlar turi o‘simlik turiga qaraganda 4 baravar ko‘p bo‘lib,
taxminan 2 milliondan ortiqroqdir.
Keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko‘plab tur yo‘qotib
yuborildi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi,
qushlarning 30 turi yo‘q qilingan bo‘lsa, undan keyingi 100 yilda 73 tur
sut emizuvchi, 120 tur qushlar batamom yo‘qolgan. Keyingi 50 yilda esa
hayvonot dunyosining undan ham ko‘prog‘i yo‘q qilib yuborilgan.
237
Markaziy Osiyo hududi o‘z hayvonot va o‘simlik olamining xilma-
xilligi, boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O‘zbekistonda 650 dan ortiq
umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilar 99 turi, qushlarning
410 tur, sudralib yuruvchilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, suvda va
quruqlikda yashovchilarning 3 turi uchraydi.
Yangi nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga jami
184 turdagi hayvonlar kiritilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiy, ekologik,
geografik va milliy xususiyatlarni hisobga olinib, bir qator yangi qonunlar
qabul qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish,
tabiatning
barcha
obyektlari,
boyliklari
faoliyatining
ma’lum
mutanosiblikda saqlanishi bilan bog‘liq.
Oliy Majlisning e’tiborli faoliyatida qabul qilingan, “Tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi,
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari
to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi,
“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi,
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi,
“Yer kodeksi”, “O‘rmon to‘g‘risida”gi bir qator O‘zbekiston
Respublikasining
qonunlari
mamlakatimizda
ekologik
holatni
yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Jumladan, respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining 2016-yil 20-sentabrda e’lon qilingan “Hayvonot
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi
tahrirdagi) Qonuni katta ahamiyatga ega. Qonunning maqsadi hayvonot
dunyosini
muhofaza
qilish
va
undan
foydalanish
sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy
erkin holatda yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy
yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki
tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy
yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
238
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida hayvonot
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlaridan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |