Тошкент давлат юридик университети


Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet144/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 
deganda, tarixiy-
madaniy qo‘riqxona, memorial bog, qabriston, shu bilan birga arxeologiya, 
tarix va madaniyat yodgorliklarining tegishli muassasa va tashkilotlarga 
doimiy foydalanishga berilgan yerlari tushuniladi.
Mamlakatimiz yer fondi tarkibidagi muhim toifalardan biri 
o‘rmon 
fondi
yerlaridir. Ushbu toifa yerlar O‘zbekiston yer fondi tarkibida 
mustaqil fondni tashkil qiladi. 
So‘nggi 
yillarda 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilgan 
o‘rmonlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning natijasi sifatida 
hozirda bunday yerlar 9636,9 ming ga ni yoki umumiy yer fondining 
21,70%ini tashkil etadi. Mamlakatimiz o‘rmonlari, eng avvalo, 
foydalanish emas, balki muhofaza qilish obyektidir.


159 
O‘rmon fondi yerlari bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar yer 
qonunchiligi bilan bir qatorda o‘rmon qonunchiligi bilan ham tartibga 
solinadi.
O‘rmon fondi yerlari ikki qismga:

o‘rmon bilan qoplangan; 

o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham o‘rmon xo‘jaligi ehtiyoji 
uchun berib qo

yilgan yerlarga bo‘linadi.
Yer kodeksining 76-moddasida belgilanishicha, boshqa maqsadlarga 
mo‘ljallangan yerlar o‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini 
to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota o‘rmonzorlar va 
ko‘kalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda o‘rmon fondi 
yerlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin. Tuman hokimi o‘rmon xo‘jaligi 
davlat organlari bilan kelishib, o‘rmon fondi yerlarini qishloq xo‘jaligi 
yuritish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida berishi 
mumkin.
Suv fondi yerlari
ham yer fondi tarkibidagi mustaqil toifa yerlardan 
biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 77-moddasiga ko‘ra suv 
havzalari (daryo, ko‘l, suv ombor va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa 
suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va 
boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv 
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxona, muassasa va tashkilotlarga belgilangan 
tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Mamlakatimizda suv fondi yerlari 831,4 ming ga ni yoki umumiy yer 
fondining 1,87%ini tashkil etadi.
Suv fondi yerlari bilan bog‘liq munosabatlar yer qonunchiligi bilan 
bir qatorda suvga oid qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
Suv fondi yerlarining asosiy qismini suv bilan qoplangan yerlar 
tashkil etadi. Suv bilan qoplangan yerlar deganda, yil davomida doimo 
yoki yilning ko‘p qismida suv tagida bo‘lgan yerlar tushuniladi. Qisqa vaqt 
davomida, ya’ni sug‘orishda, yomg‘ir vaqtida, daryo toshgan paytda suv 
bilan qoplangan yerlarni biz bu toifaga kiritmaymiz. Suv bilan 
qoplanmagan yerlarga yana vaqtinchalik sug‘orish kanallari, sho‘ri 
yuviladigan maydonlar, basseynlarni ham kiritish mumkin. 
Asosiy suv fondi yerlarining boshqa qismi bo‘lib, suv havzalarining 
qirg‘oqlari bo‘ylab ajratib qo

yilgan mintaqadagi yerlar hisoblanadi. 
Bunga quyidagilar kiradi: 20 metr kenglikdagi qirg‘oq mintaqalari, 


160 
kemalar uchun ajratilgan mintaqalar hamda muhofaza qilish uchun 
ajratilgan zonalar. Suv fondi yerlariga yuqoridagilardan tashqari suv 
obyektlariga tutashgan yerlardagi gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi 
qurilmalari tegishlidir. 
Ko‘pchilik daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari 
va boshqa suv havzalarining, Shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv 
ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy sog‘lomlashtirish 
ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar maxsus himoya qilinadi. Shu 
maqsadda qonun Shunday suv havzalari atrofida himoya, ya’ni sanitariya 
zonalari tashkil qilishni belgilaydi. Sanitariya zonalari 3ta mintaqaga 
bo‘linib, ularning har biriga yerdan foydalanishning alohida holatlari 
(rejimi) o‘rnatiladi. Masalan, birinchi mintaqada yashash, qandaydir 
qurilish inshootlari qurish man etiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish