Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet232/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Ma’muriy javobgarlik.
Ushbu javobgarlik turi O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risida”gi 
Kodeksning
82-moddasiga ko‘ra alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini 
buzganlik uchun qo‘llaniladi.
Davlat milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat 
yodgorliklari, suvni muhofaza qilish tegralari, kurort tabiiy hududlari, 
botanika bog‘lari, dendrologiya va hayvonot bog‘lari, qo‘riqlanma (oraliq) 
tegralar, o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, baliq xo‘jaligi tegralari va 
alohida muhofaza etiladigan o‘zga hududlar tartibini buzish – fuqarolarga 
eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor 
shaxslarga esa bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga 
sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan 
huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil 
davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, - 
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoiy javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida 
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun va talablarni 
buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ushbu javobgarlik turining qo‘llanilish xususiyati shundan iboratki, 
u boshqa javobgarlik turlaridan ko‘ra xavfli va og‘irroq holatda sodir 
etilishidir.


277 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 204-moddasiga 
asosan: 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish ko‘p 
miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 
– 
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki 
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud ikki yilgacha 
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud 
qilish yoki ularga shikast yetkazish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoxud 
boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, – 
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarning ish tartibini ta’min etish masalalariga doir korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar, davlat idoralari o‘rtasidagi nizolar sud 
yoki xo‘jalik sudi tomonidan qarab chiqiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi tabiiy zaxiralardan 
foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolar yer, suv, 
“O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarda, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, 
atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi, hayvonot va o‘simlik 
dunyosini muhofaza qilishi to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan tartibda 
hal etiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir munosabatlar bilan 
bog‘liq mulkiy nizolar qonunlarda belgilangan tartibda sud yoki xo‘jalik 
sudi tomonidan hal etiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish