Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish


Vaqt bu – pul. Bu ibora hech kim uchun yangilik emas va



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

Vaqt bu – pul. Bu ibora hech kim uchun yangilik emas va 
hammaga bolalikdan tanish. Vaqt o‘tgan sari pulning va vaqtning 
qiymati bir bo‘lib qolishi ham hech kimga sir emas. To‘g‘rirog‘i, vaqt 
puldan qimmatliroq va muhimroqdir. 
Yaqin yillardan beri rivojlangan mamlakatlar o‘z tasarrufidagi 
korxona, tashkilot va uyushmalarning hisob-kitoblari va shaxsiy 
tashkilotchilik muammolari uchun alohida vaqt ajratmoqdalar. 
Tan olish kerakki, bu borada ham biz rivojlangan mamlakatlardan 
ancha 
ortdamiz. 
Muammomiz 
– 
ishga 
aksariyat 
jiddiy 
yondashmasligimizdadir. Masalan, o‘z vaqtini qat’iy belgilab, unga 
rioya qilayotgan shaxs – zamonasining tadbirkori hisoblangan insonda 
ham ishga, maktabga, uchrashuvga ulgura olmaslik oddiy hol 
hisoblanadi.
Hozirgi davrga kelib vaqtni boshqarish yoki vaqtdan unumli 
foydalanishga e’tibor kuchaydi. Zamonaviy inson timsolida bitta 
o‘qimishli kishiga uning oliy ma’lumoti, kompyuter va internet 
saytlaridan foydalana olishi, keng qamrovli bilimi-yu vaqtini unumli 
boshqarishi yetarli emas. Bularga qo‘shimcha ravishda kishi teran fikrli, 
aqlli bo‘lishi va qimmatli vaqtini tejay bilishi zarur. Shu o‘rinda 
eslatmoq kerakki, har bir qabul qilingan noto‘g‘ri qaror vaqt 


107 
kushandasidir. Shuningdek, har doim ham o‘zini nazorat qilaverish 
ko‘pchilikka zerikarli tuyulishi ham mumkin. 
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, vaqtni to‘g‘ri boshqarish 
bo‘yicha shu soha mutaxassislari tomonidan yagona to‘xtamga kelgan 
yechim mavjud emas. Lekin umumiy tavsiya va qoidalar tizimi ishlab 
chiqilganki, ularni qo‘llash orqali vaqtdan unumli foydalanish bo‘yicha 
sezilarli muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Vaqtdan unumli foydalanish va uni boshqarish 
kishidan aniqlikni va o‘zining belgilagan rejasiga 
nisbatan qat’iylikni talab etadigan ko‘nikma hisoblanadi. 
Vaqtni unumli boshqarish jarayoni aksar hollarda 
quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: 

Ishlash qobiliyati va his-tuyg‘uni boshqarish

Maqsadni to‘g‘ri rejalashtirish; 

Vazifalarni belgilash va amalga oshirish; 

Oldindan qo‘yilgan maqsadga erishish; 

Xulosa chiqarish. 
Zamonaviy dunyoda vaqtning qadriga yetish, o‘z maqsadi yo‘lida 
uni to‘g‘ri taqsimlash va asosiysi – vaqt bo‘yicha belgilangan ishlar 
rejasini amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Jamiyatda hamma 
kishilar ham vaqtni boshqarish ko‘nikmasini o‘zlashtirisha olmaydi. 
Holbuki, shunday ko‘nikmaga ega bo‘lib, undan foydalanganlar 
muvaffaqiyatga erishadilar. Boshqacha qilib aytganda, vaqtni unumli 
boshqarish uchun aniq bir maqsad va o‘z ustida ishlash lozim bo‘ladi.
Ko‘pgina kishilarda rejalashtirilgan ishlarga ulgurmaslik ishlarni 
keyinga surish bilan izohlanadi. Kerakli ishni orqaga surib, ya’ni hamma 


108 
uchun zarur bo‘lgan ishni bajarmasdan Telegram, WhatsApp, Facebook 
yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda behuda ishlash, televizor ko‘rish va 
hokazo kishini chalg‘itadigan narsalarga o‘z vaqtini sarflash odatiy 
holga aylanib ulgurmoqda.
Aytish joizki, vaqt bu insonga muayyan bir loyihalarni, ishlarni, o‘z 
shaxsiy karyerasini yaratish uchun taqdim etilgan eng katta resurs. 
Shaxsiy muvaffaqiyatlarga erishishning eng asosiy omili vaqtni to‘g‘ri 
taqsimlashdir.
Endi vaqtni boshqarish ko‘nikmasining biz uchun afzalliklari haqida 
to‘xtalsak. Vaqtni boshqarish orqali avvalo ish samaradorligining 
o‘sishiga erishiladi. Natijada, sizda boshqa shaxsiy ishlar uchun yoki 
hordiq uchun qo‘shimcha vaqt paydo bo‘ladi. Vaqtni doimiy boshqarish 
erishilayotgan samaradorlik oqibati sifatida muvaffaqiyatga zamin 
yaratadi.
Inson hayotda muvaffaqiyatga erishishi uchun, avvalo, o‘zining 
hayotiy maqsadini belgilab olishi lozim. Chunki vaqtni boshqarish va 
undan foydalanishda maqsadga erishish mo‘ljaliga qaratilgan e’tibor 
barcha harakatlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Shu o‘rinda boshqaruv sohasida mashhur mutaxassis Stiven 
Kovining mashg‘ulotlaridan birini eslash joiz. Bu mashg‘ulotda u stol 
tagidan 5 litrli shaffof idishni oladi va mushtdek keladigan bir necha 
toshlarni oldiga qo‘yib: “Nima deb o‘ylaysiz, shu toshlardan nechtasi bu 
idishga sig‘arkin?”, deb so‘raydi. Turli fikrlar aytilgach, idishga bir 
nechta toshni solib to‘ldiradi. Keyin: “Endi 
idish to‘ldimi?”, deb so‘raydi. Hamma unga 
tikilib: “Albatta”, deyishadi. Shundan keyin 


109 
idishga shag‘al soladi. Stiven yana: “Endi idish to‘ldimi?”, deb so‘raydi. 
Bu safar ham ular “Endi, shubhasiz, to‘ldi”, deb javob berishadi. 
“Yaxshi”, deydi u va idishga qum to‘kadi, tabiiyki, qum ham tezda tosh 
va shag‘al oralariga singib ketadi. Stiven yana so‘raydi: “Endi idish 
to‘ldimi?” “Bu safar aniq to‘ldi, endi unga hech narsa solib bo‘lmaydi”, 
deyishadi auditoriyada o‘tirganlar. Instruktor idishga bir litr suvni ham 
quyadi. “Xo‘sh, bularning hammasi nimani bildiradi?”, deb so‘raydi u 
nihoyat. Turli fikrlar aytiladi. “To‘g‘ri, hayotda doimo bo‘shliq mavjud, 
uni to‘ldirish uchun ishlash lozim bo‘ladi, – deydi Kovi. – Bu 
tajribaning boshqa muhim jihati ham borki, agar men birinchi bo‘lib 
katta toshlarni solmasam, idishda ularga joy qolmasdi”. Hikoyada 
aytilgan mushtdek katta toshlar bizning hayotiy katta maqsadlarimiz. 
Biz avval ularni idishga joylamasak, ko‘zlagan maqsadimizga yeta 
olmay qolamiz.

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish