A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi
Piramidadan ko‘rib turganimizdek, inson e’tirof va o‘zligini
namoyon qilishga oliy maqsad sifatida qaraydi. Rivojlanishning ushbu
bosqichida o‘z imiji ustida ishlash amalga oshiriladi. Bundan kelib
chiqadiki, imijning rivojlanishi majburiy hodisa emas, balki
rivojlanishning tabiiy jarayonidir.
O‘zini o‘zi baholashning ahamiyati, o‘z obrazini yaratish
O‘zini o‘zi baholash ilk bolalikdan, yutuqlar va omadsizliklardan
orttirilgan tajribadan boshlanadi. Bunda insonni o‘rab turgan atrof-muhit
juda katta rol o‘ynaydi. Boshqalar tomonidan ko‘rsatilgan jismoniy va
ruhiy g‘amxo‘rlik insonning o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatining
184
shakllanishiga yordam beradi. Ulg‘aygach esa uning o‘zi to‘g‘risidagi
fikri boshqalar fikriga unchalik ham bog‘liq bo‘lmaydi, chunki u ruhiy
jihatdan shakllanib bo‘lgan va nimalarga qodirligini yaxshi biladi. Biroq
shunda ham inson atrofdagilarning e’tirofi va tanqidiga muhtoj bo‘lsa,
bu uning o‘z-o‘zini baholash darajasi baland yoki pastligidan darak
beradi.
O‘z-o‘zini baholashning baland darajasi
– bunda inson o‘z
muvaffaqiyatlarini orttirib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Bu ko‘pincha
boshqalarning muvaffaqiyatlarini kamsitish bilan kuzatiladi. Tanqiddan
og‘rinadi, o‘z fikrini agressiv tarzda himoya qiladi. Natija – atrofdagilar
bilan munosabatlarda qiyinchiliklar, o‘zlikni namoyon qilishda
muammolar tug‘iladi.
O‘z-o‘zini baholashning past darajasi
– bu o‘z ahamiyati va
qobiliyatlarini kamsitadi. O‘z muvaffaqiyatlarini tasodif, boshqa
odamning yordami, omad bilan bog‘laydi va eng oxirida o‘zining
kuchini e’tirof etadi. O‘qish, ish, karyera va shaxsiy hayotidagi
muvaffaqiyatlar o‘rtacha bo‘ladi.
Ma’lumki, muvaffaqiyatli insonlar boshqalardan ajralib turishni
istaydilar va bunga asoslari bor. Ular ajralib turish uchun imkoniyatlarni
muntazam izlaydilar. Lekin ayrimlar ajralib turishga harakat ham
qilmaydilar. Ular e’tibordan qochadilar, chetga o‘tadilar, o‘zlariga
e’tiborni tortmaydilar. Nega?
Birinchi sabab bu – qo‘rquv. Tavakkal qilsamu, yutqizsam nima
qilaman? G‘oya bersam-da, bu boshlig‘imga qarshi qilib qo‘ysa-chi?
Hamkasblarim zarar ko‘rib qolsa-chi? Imijimni ko‘tarish va o‘zimni
ko‘rsatishimga nima halaqit beradi?
185
Qo‘rquv
Manmanlik
Tartibning buzilishi
Impulsivlik
Chetga qochmoq
O‘jarlik
Kechiktirish
Himoya
Pala-partishlik
Inkor etish
Narsissizm
Rad etish
Umidsizlik
Cheklanganlik
Tasavvur va qiziqishning yo‘qligi
Kibr
Ushbu fikrlarni muhokama qiling:
“O‘sish yo‘q ekan, demak,
kunbotar yaqin” (kichik Seneka).
“To‘dadan chiqib ketish hech qachon kech emas. Orzuyingga
ergash, maqsading sari intil” (Bernard Shou).
O‘z-o‘zini takomillashtirish uchun ko‘plab usul va tavsiyalar
mavjud. Amerikalik olim Stiv J.Skottning “Yaxshi yashash uchun 77
yaxshi odat” kitobidagi o‘zgarishlar dasturida ularga misollar keltirilgan:
Zararli odatlardan voz kechish
Kuchli xususiyatlar bilan o‘ynash
Kichik bo‘lsa ham erishsa bo‘ladigan vazifalarni tanlash
O‘z xatolari ustidan kulish
Sayohatdan zavqlanish
Doim nima bilandir mashg‘ul bo‘lish
Yozuvlar va qaydlar qilib borish
186
Butun umr davomida komillikka, yuqori mansablarga erishish
uchun nafas gimnastikasi va boshqa pozitiv amallarni bajarish. Eng
muhimi, bu hech qachon to‘xtab qolmaydigan jarayon ekanligini anglab
yetish.
Do'stlaringiz bilan baham: |