Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Mehnatga oid nizolar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori va ijrosi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

14.5. Mehnatga oid nizolar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori va ijrosi 
 
Mehnatga  doir  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlar 
bo‘yicha  sudlar  tomonidan  qabul  qilinadigan  hal  qiluv  qarorlari  to‘liq 
ravishda FPKning 249–253-moddalari talablariga javob berishi lozim.  
Mehnatga  oid  ishlar  bo‘yicha  chiqariladigan  sud  hal  qiluv 
qarorlarining  kirish  qismida  hal  qiluv  qarori  chiqarilgan  vaqt  va  joy,  hal 
qiluv  qarori  chiqargan  sudning  nomi,  sudyaning  familiyasi  (sud  tarkibi), 
sud  majlisining  kotibi,  prokuror,  agar  ish  ochiq  yoki  yopiq  sud  majlisida 
ko‘riladigan  bo‘lsa,  bu  haqdagi  ma’lumot,  ko‘rilayotgan  ishning  nomi, 
qanday  korxona,  tashkilot  va  muassasa  tomonidan  da’vo  berilganligi 
(to‘liq nomi bilan), agar da’vo prokuror yoki bo‘ysunuv tartibidan yuqori 
turuvchi  ish  beruvchi  tomonidan  berilgan  bo‘lsa,  qaysi  yuridik  shaxs 
manfaati  ko‘zlanganligi,  da’vo  arizada  ko‘rsatilgan  yoki  sud  tomonidan 
jalb  etilgan  barcha  javobgarlar  (familiya,  ismi  va  sharifi  ko‘rsatilgan 
holda), da’vosining summasi ko‘rsatilishi kerak. 
Mehnat  ishlari  bo‘yicha  sud  hal  qiluv  qarorining  bayon  qilish 
qismida  da’vogarning  talabi,  javobgarning  e’tirozlari  va  ishda  ishtirok 
etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.  
Mehnat  ishlari  bo‘yicha  sud  hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi 
qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari 
to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad 
qilganligi  haqidagi  xulosalari,  sud  amal  qilgan  moddiy  va  protsessual 
huquq  normalari  ko‘rsatilishi  kerak.  Arz  qilingan  talab  javobgar 
tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan 
talabning  tan  olinganligi  va  uning  sud  tomonidan  qabul  qilinganligi 
ko‘rsatilishi mumkin. 
Ushbu  turkumdagi  ishlar  yuzasidan  chiqarilgan  sud  hal  qiluv 
qarorining  xulosa qismida  sudning  arz  qilingan  talablarni  qanoatlantirishi 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
yoxud butunlay yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi xulosasi, da’vogarning 
foydasiga javobgardan (yoki har bir javobgar) undiriladigan zararning aniq 
summasi, sud xarajatlarining miqdori, uning taqsimlanishi, hal qiluv qarori 
ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi lozim. 
O‘zbekiston  Respulikasi  FPKning  266-moddasiga  ko‘ra,  xodimga 
uch  oylik  ish  haqidan  ortiq  bo‘lmagan  ish  haqini  undirib  berish 
to‘g‘risidagi;  mayib  bo‘lganlik  yoki  sog`liqqa  boshqacha  tarzda  shikast 
yetishi,  shuningdek  boquvchisining  o`limi  natijasida  ko‘rilgan  zararni 
qoplash  uchun  to‘lovlar  undirish  to‘g‘risidagi;  mehnat  shartnomasi 
g`ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  xodimni  yoki  g‘ayriqonuniy 
ravishda  boshqa  ishga  o`tkazilgan  xodimni  avvalgi  ishiga  tiklash 
to‘g‘risidagi,  shuningdek  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslarining 
ta`rifini  o‘zgartirish  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  chiqarilgan  hal  qiluv 
qarori darhol ijro etiladi.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish