Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

lozim 
bo‘lgan 
mehnat 
nizolarining 
ro‘yxati 
Mehnat 
kodeksining  
269-moddasida  o‘z  ifodasini  topgan.  Unga  ko‘ra  mehnat  nizolari  quyidagi  hollarda  bevosita 
tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqiladi: 
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa; 
2)  ular  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslaridan  qat’i  nazar,  ishga  tiklash  to‘g‘risida, 
mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  vaqti  va  asoslari  ta’rifini  o‘zgartirish  to‘g‘risida,  majburiy 
progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa; 
3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa; 
4)  ular  mehnat  vazifalarini  bajarayotganda  xodimning  sog‘lig‘iga  shikast  yetkazilgani 
oqibatidagi zararni (shu jumladan ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni 
ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa; 
5) ular Mehnat kodeksi 78-moddasining 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan hollarda ishga qabul 
qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa, ya’ni ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga 
qabul  qilmaslik,  ish  beruvchi  qonunga  muvofiq  mehnat  shartnomasi  tuzishi  shart  bo‘lgan 
(belgilangan  kvota  hisobidan  ishga  yuborilgan  nogironlar  va  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lmagan 
shaxslarni;  homilador  ayollarni  va  uch  yoshga  to‘lmagan  bolalari  bor  ayollarni  tegishincha 
ularning  homiladorligi  yoki  bolasi  borligini  vaj  qilib)  ishga  qabul  qilmaslik  yuzasidan  kelib 
chiqqan nizolar ham bevosita sudlarda ko‘rib hal qilinadi; 
6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi 
bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa. 
Ushbu  moddaning 
birinchi  qismida 
sanab  o‘tilgan  mehnat  nizolaridan  boshqa  nizolar  ham 
xodimning xohishiga ko‘ra bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi. 
Mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash to‘g‘risidagi 
mehnat  nizolari,  agar  mansabdor  shaxs  yetkazgan  zarar  iqtisodiy  nizoni  ko‘rib  chiqish  paytida 
aniqlangan bo‘lsa, iqtisodiy sudlar tomonidan ham ko‘rib chiqiladi. 
Mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini 
ko‘rib chiqishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 
Mehnatga  oid  nizoli  ishlar  yuzasidan  sudda  da’vo  qo‘zg‘atish 
to‘g‘risidagi  masalani  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  nizoli  ish  qaysi  sudning 
sudloviga  tegishli  bo‘lishligini  aniqlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Mehnat 
nizoli  ishlarining  sudlovligini  aniqlash  birinchi  instansiya  sudining  qaysi 
birida  mazkur  nizo  hal  qilinishini  aniqlash  demakdir.  Umumiy  qoida 
bo‘yicha  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  arizalar  javobgarning  doimiy  yashab 
turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. 
 Tashkilotlarga nisbatan ariza ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
sudga beriladi (FPKning 33-moddasi). 
 Mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarning 
aksariyati  (masalan,  ishga  tiklash,  avvalgi  ish  joyiga  o‘tkazish,  mehnat 
shartnomasini  bekor  qilish  ta’rifini  o‘zgartirish,  mehnatga  haq  to‘lash 
to‘g‘risidagi  nizoli  ishlar)  javobgar  ish  beruvchi  joylashgan  joydagi 
sudlarda  qo‘zg‘atiladi.  Lekin  xodimlar  tomonidan  yetkazilgan  zararni 
undirish  to‘g‘risidagi  da’volar  bilan  korxona  joylashgan  sudga  murojaat 
qilish  mumkinligini  qonun  istisno  qilmaydi.  Darhaqiqat,  FPKning  34-
moddasiga  muvofiq,  fuqaroning  yoki  yuridik  shaxsning  mol-mulkiga 
yetkazilgan  zararning  o‘rnini  qoplash  to‘g‘risidagi  da’volar  zarar 
yetkazilgan  joyda  ham  taqdim  qilinishi  mumkinligi  mazkur  nizoli  ishlar 
uchun  da’vogarning  tanlashi  bo‘yicha  (muqobil)  sudlovlik  joriy 
qilinganligidan dalolat beradi. Shuningdek, FPKning 34-moddasi uchinchi 
qismiga  ko‘ra,  o‘z  mehnat  vazifalarini  bajarishi  munosabati  bilan 
xodimning  sog‘lig‘iga  shikast  yetkazilganlik  yoxud  boquvchisi  ish  bilan 
bog‘liq  holda  vafot  etganligi  natijasida  ko‘rilgan  zarar  o‘rnini  qoplash 
to‘g‘risidagi  da’volarni  da’vogar  o‘zi  yashab  turgan  joyda  ham  taqdim 
etishi mumkin. 
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish