Savol: 1) Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
apellyatsiya instatsiiyasi sudining ajrimini bekor qilishi uchun asoslar
mavjudmi? 2) Mazkur ish qanday hal etilishi lozim?
3-kazus
A. sudga T. ga nisbatan 2008-yilda tug‘ilgan o‘g‘li S. ni otaligini
belgilash haqida da’vo bilan murojaat qilgan. Birinchi instantsiya sud
da’voni rad etgan.
Apellatsiya instantsiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz
qoldirgan. Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2012-yil
8-fevralda sud qarorlarini bekor qilib, ish yuritishni tugatdi.
Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, A. bilan T. o‘zaro nikohda
bo‘lgan davrida, ya’ni 2008-yilda. S. tug‘ilgan bo‘lib, uning tug‘ilganlik
haqidagi guvohnomasiga T. bolaning otasi ekanligi to‘g‘risida aniq yozuv
kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |