Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniq-lash va ularning o‘z vaqtida sud  majlisiga taqdim etilishini ta’minlash



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniq-lash va ularning o‘z vaqtida sud 
majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;
 
ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;
 
taraflar,  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar  tomonidan  zarur  bo‘lgan  dalillarni  taqdim 
etilishi; 
taraflarni yarashtirish. 
 
Fuqarolik  ishlarini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  jarayonida  FPKning 
201-moddasida  nazarda  tutilgan  taraflarning  huquqiy  munosabatlarini  va 
ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash kabi vazifani 
to‘g‘ri amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga amal qilmaslik 
sud tomonidan ishni ko‘rishda amal  qilinishi lozim bo‘lgan qonunlarning 
noto‘g‘ri  qo‘llanilishi,  ishga  ishga  daxldor  bo‘lmagan  taraflarning  jalb 
etilishi kabi oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.   
Fuqarolik  ishlarini  sud  muhokamasiga  tayyorlash  jarayonida  sudya 
ishga  daxldor  bo‘lmagan  tarafni  almashtirish,  sherik  ishtirokchilik 
masalalariga  alohida  e’tibor  berishi  talab  etiladi.  Zero,  FPKning  201-
moddasida ishni sudda ko‘rishga tayyorlashning muhim vazifalari sifatida 
ishda ishtirok etishi  mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish 
belgilab  qo‘yilgan.  Masalan,  sud  mehnatga  oid  nizoli  ishlarni,  xususan 
yetkazilgan zararni undirish haqidagi ishlarni suda ko‘rishga tayyorlashda 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
jamoaning  moddiy  javobgarligi  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  jamoaning 
barcha a’zolarini sherik javobgar sifatida protsessga jalb qilish choralarini 
ko‘rishi  lozim.  Shuningdek,  ayrim  hollarda  xodimga  yetkazilgan  zararni 
undirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida zarar 
yetkazilishiga  sabab  bo‘lgan  mansabdor  shaxsning  g‘ayriqonuniy  xatti-
harakat  (harakatsizlik)lar  sodir  etganligi  aniq  bo‘lib  qoladi.  Bunday 
hollarda  sudya  mazkur  shaxsni  albatta  sherik  javobgar  sifatida  ishda 
ishtirok etish uchun jalb etishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu sherik 
javobgar sifatida tegishli javobgarning protsessual holatini aniqlab olishga 
ham imkon yaratadi. 
Fuqarolik  ishlarini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  sudya 
taraflarni  yarashtirish  choralarini  ko‘rishi  muhim  hisoblanadi.  Yuridik 
adabiyotlarda  ham  da’vo  tartibida  ish  yuritishda  taraflarni  kelishtirish  va 
kelishuv  bitimiga  erishish    muayyan  bir  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  ish 
yuritish tugatilishining a’lo darajadagi natijasi hisoblanishi qayd etiladi.  
Taraflar  o‘rtasida  kelishuv  bitimini  tuzish  ehtimolining  mavjudligini 
aniqlash  va  uning  huquqiy  oqibatlarini  tushuntirish  ishlarini  amalga 
oshirishda sudya tomonidan ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roqlash 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Kuzatishlar  shuni    ko‘rsatmoqdaki,  ayrim 
sudyalar  ishni  sudda  ko‘rish  uchun  tayyorlash  tartibida  taraflarni 
so‘roqlash  masalasiga  yetarlicha  e’tibor  bermaydilar.  Vaholanki,  zarur 
bo‘lgan  hollarda,  ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash  tartibida  sudya 
taraflarni so‘roq qilishi mumkin. Bunda sudya: 
1) 
da’vogarni o‘zi arz qilingan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq 
qiladi,  undan  javobgar  bildirishi  mumkin  bo‘lgan  e’tiroz-larni  aniqlaydi 
va,  agar  bu  zarur  bo‘lsa,  da’vogarga  qo‘shimcha  dalillar  takdim  etishni 
taklif  qiladi,  shuningdek  arz  qilingan  talablaridan  voz  kechish  huquqini 
hamda voz kechipshing huquqiy oqibatlarini tushuntiradi; 
2) 
ishning  holatlari  bo‘yicha  javobgarni  so‘roq  qiladi,  da’vogarning 
talabiga  qarshi  uning  qanday  e’tirozlari  borligini  va  bu  e’tirozlar  qanday 
dalillar  bilan  tasdiqlanishi  mumkin-ligini  aniqlaydi,  shuningdek 
javobgarga  da’vogarning  talablarini  tan  olish  yoxud  qarshi  talablar 
qo‘zg‘atish  huquqini  tushuntiradi,  alohida  murakkab  ishlar  bo‘yicha  esa, 
javobgarga  ish  yuzasidan  yozma  tushuntirishlar  taqdim  etishni  taklif 
qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma 
tushuntirishlar  va  dalillar  taqdim  etilmaganligi  ishni  ishdagi  mavjud 
dalillar bo‘yicha ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi; 
3) 
taraflardan kelishuv bitimi tuzish ehtimolini aniqlaydi va kelishuv 


 
 
100 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
bitimning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi (FPKning 203-moddasi). 
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida sudya FPKning      106-
moddasida  ko‘rsatilgan  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rish  huquqiga 
ega.  Da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik  ish  yuzasidan  chiqarilgan 
sud  hal  qiluv  qarorlarining  ijrosini  qiyinlashtirishi  yoki  uni  bajarib 
bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish