Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

8.8. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari 
FPKning  202-moddasida  ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash 
muddatlari  mustahkamlab  qo‘yilgan.  Unga  ko‘ra,  fuqarolik  ishlarini  sud 
muhokamasiga  tayyorlash  ariza  qabul  qilingan  va  fuqarolik  ishi 
qo‘zg‘atilgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddatdan  kechiktirmay 
amalga oshirilishi kerak.  
Ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash  uchun  belgilangan  ushbu  o‘n 
kunlik muddat sudning asoslantirilgan ajrimi asosida o‘ta murakkab ishlar 
bo‘yicha yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin, masalan, mulk huquqini 
tan  olish  va  tugatish  (shu  jumladan,  bitimlar,  meros  qabul  qilish,  davlat 
mulkini  xususiylashtirish)  yer  uchastkasiga  egalik  qilish  va  foydalanish, 
shuningdek  ekspertiza  o‘tkazishni  talab  qiladigan,  sud  topshirig‘ini 
yuborish,  ishni  ko‘rayotgan  sud  faoliyati  hududidan  tashqarida  bo‘lgan 
fuqaro  va  tashkilotlardan  materiallarni  talab  qilib  olish  bilan  bog‘liq 
hollarda.  Bunda,  sudya  ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash  muddatini 
uzaytirish haqida asoslantirilgan ajrim qabul qilishi shart. 
Aliment  undirish,  fuqaroning  sog‘ligiga  shikast  yetishi  yoki  uning 
vafoti  munosabati  bilan  yetkazilgan  zararni  to‘lash  shuningdek, 
boquvchisini  yo‘qotganligi,  mehnat  munosabatlaridan  kelib  chiqadigan 


 
 
102 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
talablar  bo‘yicha  ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash  muddatining 
uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  
Sudya  ishni  yetarli  darajada  tayyorlangan  deb  topgach,  uni  sud 
majlisida  ko‘rishga  tayinlash  to‘g‘risida  ajrim  chiqaradi,  taraflar  va 
protsessning  boshqa  ishtirokchilariga  ishni  ko‘rish  vaqti  va  joyi  haqida 
ma’lum qiladi. 
Sudyaning  yordamchisi  (katta  yordamchisi)  sudyaning  topshirig‘iga 
binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: 
1. Sudyaga  kelib  tushgan  arizalarni  o‘rganadi  va  ularni  ko‘rish 
yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyor-laydi; 
2. Ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash  vazifalarini  hal  qilishda,  shu 
jumladan  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  doirasini  aniqlashda  va  boshqa 
shaxslarni jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishda ishtirok etadi; 
3. Sud  protsessini  tayyorlashni  va  o‘tkazishni  tashkil  etishda  ishtirok 
etadi; 
4. Arizalar  va  murojaatlar,  shuningdek  ko‘rilishi  keyinga 
qoldirilgan  yoki  ish  yuritish  to‘xtatib  turilgan  ishlar  o‘z  vaqtida 
ko‘rilishi ta’minlanishini tashkil etadi; 
5. Taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti 
va joyi haqida xabardor qiladi. 
Sudyaning  yordamchisi  (katta  yordamchisi)  sudyaning  topshirig‘iga 
binoan  boshqa  harakatlarni  ham  amalga  oshirishi  mumkin  (FPK  172-
moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish