8.6. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashning maqsadi
va vazifalari
Ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlarining chiqarilishi
ko‘p jihatdan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash vazifalarining qay darajada
amalga oshirilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. FPKning 201-moddasida ishni
sud
muhokamasiga
tayyorlash
vazifalari
sifatida quyidagilar
ko‘rsatiladi:
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan
qonunni aniqlash;
taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal etish
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |