Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sud  muzokaralari  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  nutqlaridan 
iborat  bo‘ladi.  Sud  muzokarasida  qatnashuvchilar  o‘z  nutqlarida  sud 
aniqlamagan holatlarni, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarni 
vaj qilib keltirishga haqli emaslar. 
FPKning 244-moddasi sud muzokaralarida so‘zga chiquvchilar uchun 
qat’iy  tartibni  belgilaydi.  Unga  ko‘ra,  sud  muzokaralari  ishda  ishtirok 
etuvchi  shaxslarning  nutqlaridan  iborat  bo‘ladi.  Sud  muzokaralari 
ishtirokchilari  o‘z  chiqishlarida  sud  tomonidan  aniqlamagan  holatlarga, 
shuningdek  sud  majlisida  tekshirilmagan  dalillarga  asoslanishga  haqli 
emas. Dastlab da’vogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili 
so‘zga  chiqadi.  Boshlangan  sud  protsessida  nizo  predmetiga  nisbatan 
mustaqil  talablar  bilan  arz  qilgan  uchinchi  shaxs  va  uning  vakili 
taraflardan  keyin  so‘zga  chiqadi.  Nizo  predmetiga  nisbatan  mustaqil 
talablar  bildirmagan  uchinchi  shaxs  va  uning  vakili  uchinchi  shaxs  ishda 
kaysi  da’vogarning  yoki  javobgarning  tarafida  ishtirok  etayotgan  bo‘lsa, 
shu  da’vogar  dan  yoxud  javobgardan  keyin  so‘zga  chiqadi.  Boshqa 
shaxslarning  huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini 
himoya  qilish  maqsadida  sudga  murojaat  etgan  prokuror,  shuningdek 
davlat  boshqaruvi  organlarining,  tashkilotlarning  vakillari  yoki  ayrim 
fuqarolar  sud  muzokaralarida  birinchi  bo‘lib  so‘zga  chiqadi.  Sud 
tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga o‘z 
tashabbusi  bilan  kirishgan  davlat  boshqaruvi  organlarining  vakillari  sud 
muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi. Sud 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
muzokaralari  ishtirokchilari  bir-birlariga  luqma  tashlashi  mumkin.  Oxirgi 
luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli bo‘ladi. 
Rasmiy  jihatdan  sud  muzokaralardagi  chiqishlarning  davomiy-ligini 
cheklay  olmaydi.  Biroq  FPKning  211-moddasiga  ko‘ra,  raislik  qiluvchi 
ko‘rilayotgan 
ishga 
aloqasi 
bo‘lmagan 
hamma 
narsani 
sud 
muhokamasidan chetlatish huquqiga ega. Shuning uchun sudya agar notiq 
ish mohiyatidan chetga chiqsa, uni to‘xtatish huquqiga ega.  
Sud  muzokaralaridan  so‘ng  boshqa  shaxslar  tomonidan  boshlangan 
protsessda  ishtirok  etayotgan  prokuror  ishning  mohiyati  bo‘yicha  o‘z 
fikrini  bayon  etadi.  Agar  sud  muzokaralarini  eshitgach,  sudya  ish  uchun 
ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yangi  holatlarni  aniqlash  yoki  yangi  dalillarni 
tekshirishni zarur deb topsa, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risida 
ajrim  chiqaradi.  Ishni  mazmunan  ko‘rish  tamom  bo‘lganidan  keyin,  sud 
muzokaralari umumiy tartibda o‘tkaziladi. 
Sud  muzokaralarini  eshitgach,  sud  hal  qiluv  qarori  chiqarish  uchun 
alohida  xonaga  (maslahatxonaga)  chiqadi,  bu  haqda  raislik  qiluvchi  sud 
majlisida hozir bo‘lganlarga e’lon qiladi.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish