Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


Ishni  mazmunan  ko‘rishni  boshlash  qismi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Ishni  mazmunan  ko‘rishni  boshlash  qismi  raislik  qiluvchining  ish 
to‘g‘risidagi  ma’ruzasidan  boshlanadi.  So‘ngra  raislik  qiluvchi 
da’vogardan  o‘z  talablarini  quvvatlash-quvvatlamasligini,  javobgardan 
da’vogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarning ishni kelishuv 
bitimi bilan tamomlashni istash-istamasliklarini so‘raydi. 
Da’vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechganligi,  javobgarning 
da’vogar talablarini tan olganligi yoki taraflar erishgan kelishuv bitimining 
shartlari  sud  majlisi  bayonnomasiga  kiritiladi  va  tegishlicha,  da’vogar, 
javobgar  yoki  ikkala  taraf  tomonidan  imzolanadi.  Agar  da’vogarning  arz 
qilgan  talablaridan  voz  kechganligi,  javobgarning  da’vogar  arz  qilgan 
talablarni  tan  olganligi  yoki  taraflarning  kelishuv  bitimi  ularning  sudga 
yuborgan  yozma  arizalarida  ifodalangan  bo‘lsa,  mazkur  arizalar  ishga 
qo‘shib qo‘yilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi. 
Da’vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechganligini  qabul 
qilishdan  yoki  taraflarning  kelishuv  bitimini  tasdiqlashdan  oldin  sud 
da’vogarga  yoki  taraflarga  tegishli  protsessual  harakatlar  qilishning 
oqibatlarini tushuntiradi. 
Ish  to‘g‘risida  ma’ruza  qilinganidan  so‘ng,  sud  da’vogar  va  uning 
tomonida ishtirok etuvchi uchinchi shaxsning, javobgar va uning tomonida 
ishtirok  etuvchi  uchinchi  shaxsning,  shuningdek  ishda  ishtirok  etuvchi 
boshqa  shaxslarning  tushuntirishlarini  eshitadi.  Boshqa  shaxslarning 
huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish 
maqsadida  ariza  bergan  prokuror,  shuningdek  boshqa  shaxslar  arz  qilgan 
talablari bo‘yicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi 
bo‘lib  so‘zga  chiqadilar.  Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  bir-birlariga 
savollar berishga haqlidirlar. 
Sud  taraflarning  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarning 


 
 
112 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
tushuntirishlarini  eshitib,  guvohlarni,  ekspertlarni  so‘roq  qilish  hamda 
boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi. 
Har  bir  guvoh  sud  majlisida  alohida  so‘roq  qilinadi  va  so‘roqdan 
so‘ng,  agar  sud  unga  ilgariroq  ketishga  ruxsat  bermasa,  to  ishni  ko‘rib 
chiqish  tamom  bo‘lguncha  sud  majlisi  zalida  qoladi.  Raislik  qiluvchi 
guvohni so‘roq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashg‘ulot turini, 
shu  ishga  aloqasini  hamda  taraflar  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa 
shaxslar  bilan  o‘zaro  munosabatini  aniqlaydi,  shuningdek  uni  bila  turib 
yolg‘on  ko‘rsatuv  berganlik  uchun  Jinoyat  kodeksining  238-moddasiga 
muvofiq  javobgar  bo‘lishi  to‘g‘risida  ogohlantiradi.  Shundan  keyingina 
guvohga  savollar  berilishi  mumkin,  chunonchi  guvoh  kimning  arizasi 
bo‘yicha chaqirilgan bo‘lsa, ana shu shaxs va uning vakili birinchi bo‘lib, 
so‘ngra  esa,  ishda  ishtirok  etayotgan  boshqa  shaxslar  guvohga  savollar 
beradi.  Sudning  tashabbusi  bilan  chaqirilgan  guvohga  savollarni  birinchi 
bo‘lib da’vogar beradi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish